Dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer uchastkalaridan foydalanish samaradorligini yanada oshirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida (222-IV-son)
13.04.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Qoʻshma qarori
Joriy yilning 8-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev raisligida koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda joylardagi ishlar natijadorligi tahlili hamda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, aholi bandligi va daromadini oshirishning muhim manbai boʻlgan tomorqachilikni rivojlantirishga bagʻishlab oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida qator muhim vazifalar belgilab berildi. Ushbu vazifalarni har tomonlama muhokama qilib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Kengashlari taʼkidlaydiki, mamlakatimizda bugungi kunda aholi tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanish, oziq-ovqat xavfsizligi hamda fuqarolar bandligini taʼminlash boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilishini taqozo etmoqda.
Koronavirus pandemiyasi keltirib chiqarayotgan inqirozga qarshi kurashish sharoitida tomorqalardan samarali foydalanishni tashkil etish, bu yilgi murakkab vaziyatni hisobga olib, tomorqalardan avvalgi yillarga qaraganda ikki barobar koʻp hosil olish oʻta dolzarb vazifa boʻlib qolmoqda.
Oxirgi yillarda Davlatimiz rahbari tomonidan aholi tomorqalaridan samarali foydalanish boʻyicha qabul qilingan qarorlar asosida amalga oshirilgan bir qator muhim tashkiliy-huquqiy tadbirlar, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, uning hududiy organlari tuzilganligi, mahalla fuqarolar yigʻinlarida tomorqa bilan shugʻullanadigan alohida oʻrinbosar lavozimi joriy etilganligi, Oʻzbekiston Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi hamda uning hududiy boʻlinmalari tashkil etilganligi, ushbu kengash huzurida Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi faoliyati yoʻlga qoʻyilganligi hamda aholiga urugʻlik va koʻchat yetkazib berish, xizmatlar koʻrsatish boʻyicha “Tomorqa xizmati” korxonalari faoliyat koʻrsata boshlaganligi muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Koronavirus pandemiyasi yuzlab mamlakatlarda, hatto eng rivojlangan davlatlarda ham oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash borasidagi siyosat va chora-tadbirlar yetarli emasligini yaqqol koʻrsatdi. Mamlakatimizda oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan boʻlgan ichki talabni toʻliq qanoatlantirish, aholi daromadlarini oshirish va uning farovonligini yanada yuksaltirish borasida ishga solinmagan katta zaxira va imkoniyatlar mavjud. Bu sohadagi ishlar natijadorligini oshirish uchun esa taʼsirchan parlament va jamoatchilik nazoratini yoʻlga qoʻyish muhim ahamiyatga egadir.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev raisligida 8-aprel kuni oʻtkazilgan koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda joylardagi ishlar natijadorligi tahlili hamda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, aholi bandligi va daromadini oshirishning muhim manbai boʻlgan tomorqachilikni rivojlantirishga bagʻishlangan yigʻilishda belgilab berilgan vazifalar bugungi kunda dolzarb ekanligi taʼkidlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer uchastkalaridan foydalanish samaradorligini yanada oshirishga doir tadbirlar rejasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda viloyatlardagi tumanlar va shaharlarda aholiga oʻz tomorqasidan samarali foydalanishda har tomonlama yordam berish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolaridan iborat Ishchi guruh tuzilsin hamda uning tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Quyidagilar Ishchi guruhning (R. Mamutov va B. Tajiyev) asosiy vazifalari etib belgilansin:
mahalliy davlat hokimiyati organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Oʻzbekiston Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi hamda ularning hududiy organlariga aholi tomorqalaridan samarali foydalanishni tashkil etishda amaliy yordam berish;
Oʻzbekiston Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlaridan maqsadli foydalanishni tashkil etishga koʻmaklashish;
dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishni yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanish masalalari xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan oʻrganilishi hamda muhokama qilinishida amaliy yordam koʻrsatish;
dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer uchastkalaridan foydalanish samaradorligini yanada oshirish boʻyicha taʼsirchan deputat va jamoatchilik nazoratini tashkil etishga koʻmaklashish;
kam taʼminlangan, qarovchisi boʻlmagan oilalarga ilgʻor fermyerlarni biriktirish, tomorqa yerlariga ishlov berish, ekin ekish va u yerlarni parvarishlashda yordam berilishi hamda bu maqsadda mahalliy budjetdan ajratilayotgan mablagʻlarning toʻgʻri sarflanishi ustidan samarali parlament nazorati oʻrnatilishini tashkil etish;
dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining yerlaridan unumli foydalanilishini taʼminlashga qaratilgan, shu jumladan tomorqa yerlari qarovsiz tashlab qoʻyilishiga yoʻl qoʻymaslik hamda ularga ekin ekish zarurligi toʻgʻrisida targʻibot ishlarini olib borish;
yerlardan samarali foydalanayotgan tomorqa yer egalarini ragʻbatlantirish borasidagi mavjud mexanizmlarning samarali qoʻllanilishini tashkil etishga koʻmaklashish;
dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer uchastkalarida qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish, parranda va chorva mollarini parvarish qilish, mevali daraxtlar ekish ishlarini tizimli tashkil etish hamda tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanilishi ustidan parlament nazoratini amalga oshirish;
bu sohadagi mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan aniq takliflar ishlab chiqish.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi (J. Shirinov) hamda Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (B. Matmuratov) tomorqa yer uchastkalaridan oqilona foydalanilmaganligi uchun javobgarlikni yanada kuchaytirish yuzasidan bir hafta muddatda takliflar ishlab chiqsin hamda kiritsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi (R. Mamutov) hamda Senatining Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi (B. Tajiyev):
dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer uchastkalaridan foydalanilishini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini bir oylik muddatda har tomonlama inventarizatsiyadan oʻtkazsin hamda tegishli takliflar tayyorlasin, shuningdek aholining oʻzi yashab turgan tomorqasidan hamda daladagi yerlardan ajratilgan tomorqasidan samarali foydalanishini tartibga solishga qaratilgan qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqsin;
mutasaddi vazirlik va idoralarning dehqon xoʻjaliklari va aholi tomorqalaridan samarali foydalanish hamda mahsulot ishlab chiqarishni oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborotini har chorakda eshitsin, shuningdek, hududlarda muntazam muhokamalar oʻtkazsin.
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar Kengashlariga:
dehqon xoʻjaliklari bilan hamda aholi tomorqalaridan samarali foydalanmayotgan yer egalari bilan tushuntirish ishlarini olib borish, mavjud muammolarni oʻrganish hamda ularni bartaraf etish choralarini koʻrish;
dehqon xoʻjaliklari va aholi tomorqalaridan samarali foydalanilishiga hamda mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirishga doir masalalarni xalq deputatlari viloyat va tuman (shahar) Kengashlari sessiyalarida muhokama qilib borish;
dehqon xoʻjaliklari yerlari va aholi tomorqalaridan samarali foydalanish borasida olib borilayotgan ishlarni doimiy ravishda ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish tavsiya etilsin.
8. Mazkur Qoʻshma qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari A. Xaitov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining oʻrinbosari Z. Nizamxodjayev zimmasiga yuklatilsin.
9. Ushbu Qoʻshma qaror tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining tasdigʻiga kiritilsin.
10. Ushbu Qoʻshma qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2020-yil 13-aprel,
222-IV-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2020-yil 13-aprel,
KQ-33-IV-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2020-yil 13-apreldagi № 222-IV/KQ-33-IV-sonli Qoʻshma qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer uchastkalaridan foydalanish samaradorligini yanada oshirishga doir
TADBIRLAR REJASI
T/r Amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar Amalga oshirish mexanizmi Bajarish muddati Ijro uchun masʼullar 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda viloyatlardagi tumanlar va shaharlarda aholi tomonidan oʻz tomorqasidan samarali foydalanishda ularga har tomonlama koʻmaklashish maqsadida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolaridan iborat Ishchi guruhning videokonferensiya shaklidagi yigʻilishini oʻtkazish. Ishchi guruhning videokonferensiya shaklidagi yigʻilishini oʻtkazish. Bunda: Ishchi guruh aʼzolari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash; dehqon xoʻjaliklari va aholi tomorqa yerlaridan samarali foydalanishni oʻrganish hamda aholiga har tomonlama yordam berilishiga koʻmaklashish boʻyicha hududlarga biriktirilgan deputatlar va senatorlar uchun savolnoma ishlab chiqish; Ishchi guruhning hududlardagi faoliyatini tashkil etish mexanizmlarini koʻrib chiqish. 15-aprel Ishchi guruh (R. Mamutov, B. Tajiyev), Oʻzbekiston Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi 2. Xalq deputatlari Kengashlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Oʻzbekiston Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi hamda ularning hududiy organlariga aholi tomorqalaridan samarali foydalanishni tashkil etishda amaliy yordam berish. 1. Ishchi guruh faoliyatiga mahalliy Kengashlar deputatlarini jalb qilish va ularni mahallalarga biriktirish. 2. Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanish masalalarini oʻrganish va muhokama qilishda amaliy yordam berish; 3. Dehqon xoʻjaliklari va aholi tomorqa yerlaridan samarali foydalanish holatini oʻrganish ishlarini tashkil etish. 4. Dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer maydonlaridan foydalanish samaradorligi masalalarini mahalliy Kengashlarda muhokama qilish. Doimiy Ishchi guruh aʼzolari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar Kengashlari, xalq deputatlari tumanlar (shaharlar) Kengashlari 3. Oʻzbekiston Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlaridan maqsadli foydalanishni tashkil etishga koʻmaklashish. 1. Ishchi guruh joylarda amalga oshiriladigan oʻrganishlar davomida ushbu Jamgʻarma mablalaridan maqsadli foydalanishini oʻrganib borish. 2. Oʻrganishlardan kelib chiqqan holda, Jamgʻarma mablagʻlaridan yanada samarali foydalanish yuzasidan takliflar ishlab chiqish. aprel-may may Ishchi guruh, Oʻzbekiston Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Moliya vazirligi 4. Kam taʼminlangan, qarovchisi boʻlmagan oilalarga ilgʻor fermyerlarni biriktirish, tomorqa yerlariga ishlov berish, ekin ekish va parvarishlash�a yordam berilishi hamda bu maqsadda mahalliy budjetdan ajratilayotgan mablagʻlarning toʻgʻri sarflanishi ustidan samarali deputatlik nazoratini oʻrnatish. 1. Mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda tuman (shahar)dagi kam taʼminlangan, qarovchisi boʻlmagan oilalar hamda ilgʻor fermyerlarning roʻyxatini shakllantirish. 2. Shakllantirilgan roʻyxat asosida kam taʼminlangan, qarovchisi boʻlmagan oilalarga ilgʻor fermyerlarning biriktirilishi holatini monitoring qilish. 3. Kam taʼminlangan, qarovchisi boʻlmagan oilalarga oʻz tomorqa yerlariga ishlov berish, ekin ekish va parvarishlash maqsadida mahalliy budjetdan ajratilayotgan mablagʻlarning toʻgʻri sarflanishini tahlil qilish. 4. Monitoring va tahlillar natijalarida aniqlangan muammolarni hal etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish hamda Ishchi guruhiga taqdim etish. 15-aprel 20-aprel 30-aprel 1-may Ishchi guruh aʼzolari, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Oʻzbekiston Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi hamda ularning hududiy organlari, Mahalliy hokimliklar 5. “Tomorqa — daromad manbai!” shiorini qishloq aholisi orasida keng targʻib qilish hamda yer egalarining kundalik faoliyatiga singdirish ishlarini tashkil etishda amaliy yordam berish. 1. Deputat va senatorlar saylovchil?r bilan uchrashuvlari davomida tomorqadan samarali foydalanish zarurati yuzasida targʻibot ishlarini olib borish. 2. Amaldagi qonun hujjatlarida dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yerlaridan samarali foydalanganligi uchun yaratilgan keng imkoniyatlar va imtiyozlar yuzasidan aholining xabardorligini oshirish. har oyda doimiy Ishchi guruh aʼzolari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar Kengashlari 6. Yerlardan samarali foydalanayotgan tomorqa yer egalarini ragʻbatlantirish borasidagi mavjud mexanizmlarni samarali tatbiq etilishini tashkil qilishga koʻmaklashish. 1. Dehqon xoʻjaliklar va aholi tomorqa yerlaridan samarali foydalanayotgan fuqarolarni ragʻbatlantirish yoʻnalishida olib borilayotgan ishlar holatini oʻrganish. 2. Yuksak natijalarga erishgan tomorqa yer egalarini ragʻbatlantirish borasidagi mavjud mexanizmlarni samarali tatbiq etilishi yuzasidan takliflar ishlab chiqish. 30-aprel 5-may Ishchi guruh aʼzolari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari 7. Tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanmagani uchun javobgarlikni yanada kuchaytirish yuzasidan taklif ishlab chiqish. 1. Oliy Majlis palatalarining tegishli qoʻmitalari aʼzolaridan iborat ishchi guruh tuzish. 2. Ishchi guruh tomonidan sohaga oid amaldagi qonun hujjatlarini toʻliq inventarizatsiyadan oʻtkazib, har tomonlama koʻrib chiqish. 3. Koʻrib chiqish yakunlari va ishlab chiqilgan takliflar asosida tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanmagani uchun javobgarlikni yanada kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasini tayyorlash. 4. Qonun loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish. 5. Ushbu qonun loyihasini belgilangan tartibda Qonunchilik palatasiga kiritish. 15-aprel 15-aprel 20-aprel 25-aprel 1-may Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, Oliy Majlis Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi 8. Dehqon xoʻjaliklari va aholi tomorqa yer uchastkalaridan foydalanishni tartibga soluvchi amaldagi qonun hujjatlarini har tomonlama inventarizatsiyadan oʻtkazish hamda takliflar tayyorlash, shu jumladan, aholi oʻz yashab turgan tomorqasi hamda daladagi yerlardan ajratilgan tomorqadan foydalanishni tartibga solishga qaratilgan qonun hujjatlari loyihasini ishlab chiqish. 1. Oliy Majlis palatalarining tegishli qoʻmitalari aʼzolaridan iborat ishchi guruh tuzish. 2. Ishchi guruh tomonidan amaldagi qonun hujjatlarini qayta koʻrib chiqish va takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish. 3. Qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan takliflarni muhokama etish asosida tegishli qonun hujjatlari loyihasini tayyorlash. 15-aprel 20-aprel 30-aprel Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi, Oliy Majlis Senatining Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi 9. Hududlarda, ayniqsa, qishloq xoʻjaligi sharoitlari ogʻir boʻlgan tumanlarda ekinlar ekish ahvolini har oyda quyi palata deputatlari va senatorlar tomonidan oʻrganish hamda aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan amaliy choralar koʻrish. 1. Joylardagi muammolarni oʻrganish hamda ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish. 2. Dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining yer uchastkalaridan maqsadli va samarali foydalanilishini, shu jumladan, yerni tayyorlash, urugʻ, koʻchat va daraxtlar ekish, issiqxonalar qurish holatining davriy monitoringini yuritish. 3. Amalga oshirilgan ishlar yuzasidan har chorakda Oliy Majlis palatalarining tegishli qoʻmitalariga axborot berib borish. 4. Oliy Majlis palatalarining tegishli qoʻmitalari tomonidan Ishchi guruhning taqdim qilingan axborotlarini umumlashtirish va Oliy Majlis palatalari Kengashlariga koʻrib chiqish uchun kiritish. 15aprel har oyda har chorakda reja asosida Ishchi guruh, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar Kengashlari 10. Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashda aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, dehqon xoʻjaliklari hamda tomorqa yer egalarining shaxsiy manfaatdorligi va masʼuliyatini kuchaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tegishli vazirlik, idoralar hamda mahalliy hokimliklar rahbarlarining Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati majlislarida hisobotini eshitish amaliyotini yoʻlga qoʻyish. 1. Ishchi guruh tomonidan joylarda aniqlangan tizimli muammolarni bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning borishi yuzasidan vazirlik, idoralar hamda hududlar kesimida tahliliy maʼlumotlar tayyorlash. 2. Tahliliy maʼlumotlar asosida bu borada amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati majlislarida tegishli vazirlik, idoralar hamda mahalliy hokimliklar rahbarlarining hisobotini eshitish. har oyda reja asosida Oliy Majlis palatalarining tegishli qoʻmitalari 11. Ommaviy axborot vositalarida dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer maydonlaridan samarali foydalanish yuzasidan targʻibot-tushuntirish ishlarini olib borish. 1. Ommaviy axborot vositalarida targʻibot-tushuntirish ishlarini olib borish yuzasidan media-reja ishlab chiqish. 2. Dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari tomonidan ekin maydonlaridan samarali foydalanish, dehqonchilik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan turkum telekoʻrsatuvlar, radio eshittirishlar va bosma matbuotda chiqishlar tashkil etish. 3. Markaziy va mahalliy ommaviy axborot vositalari orqali senator va deputatlarning chiqishlarini tashkil etish. aprel doimiy ravishda Oliy Majlis palatalarining Matbuot xizmatlari, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (OʻzA), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2020-yil 13-apreldagi № 222-IV/KQ-33-IV-sonli Qoʻshma qaroriga 2-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda viloyatlardagi tumanlar va shaharlarda aholi tomonidan oʻz tomorqasidan samarali foydalanishda ularga har tomonlama yordam berilishiga koʻmaklashish maqsadida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat aʼzolaridan iborat Ishchi guruh
TARKIBI
T/r F.I.O. Lavozimi Hududlar Ishchi guruh hamrahbarlari 1. Tajiyev Baxadir Sadullayevich Senatning Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi raisi Respublika boʻyicha 2. Mamutov Ravshan Aminaddinovich Qonunchilik palatasining Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi raisi Ishchi guruh aʼzolari 3. Aldamuratov Baxitbay Umirzaqovich Qonunchilik palatasining Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi aʼzosi Qoraqalpogʻiston Respublikasi 4. Daniyarov Abatbay Saparbayevich Senat aʼzosi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kengashi raisi 5. Otaxonova Odinaxon Inomovna Qonunchilik palatasining Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi aʼzosi Andijon viloyati 6. Gʻaniyev Akrom Toʻlqinovich Senat aʼzosi, “Nil-Granit” masʼuliyati cheklangan jamiyati direktorining ishlab chiqarish boʻyicha oʻrinbosari 7. Raxmonov Sherzod Tolibovich Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi aʼzosi Buxoro viloyati 8. Achilov Nurmuxamed Nurullayevich Senat aʼzosi, “Parvoz Xumo Ravnaq Trans” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi 9. Oʻrazboyev Ural Kamolovich Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi aʼzosi Jizzax viloyati 10. Pardayev Nusuratulla Senat aʼzosi, xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashi deputati, Jizzax viloyati Kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasi Kengashi raisi 11. Islamov Oʻktam Shukurullayevich Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi aʼzosi Navoiy viloyati 12. Xodjayev Jamshid Baxtiyorovich Senat aʼzosi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi raisi 13. Mirzamova Barnoxon Kosimbayevna Qonunchilik palatasining Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi aʼzosi Namangan viloyati 14. Najmiddinov Ikromxon Senat aʼzosi, Namangan viloyati mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari 15. Abdiyev Gʻayrat Ergashevich Qonunchilik palatasining Fuqarolarning sogʻligʻini saqlash masalalari qoʻmitasi aʼzosi Samarqand viloyati 16. Djalolov Shavkat Amonovich Senat aʼzosi, “Agromir group” direktorlar assotsiatsiyasi Kengashi raisi 17. Sultonov Nuriddin Abduxamidovich Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻ�itasi aʼzosi Sirdaryo viloyati 18. Sotiboldiyev Ulugʻbek Norxojayevich Senat aʼzosi, Mirzaobod tumanidagi “BEK Sluster” masʼuliyati cheklangan jamiyati qoʻshma korxonasi bosh direktori 19. Sharipov Firdavs Xolnazarovich Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi aʼzosi Surxondaryo viloyati 20. Toshkulov Abdukodir Xamidovich Senat aʼzosi, Termiz davlat universiteti rektori 21. Abduvaliyev Nodirjon Raxmatjonovich Qonunchilik palatasining Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi aʼzosi Toshkent viloyati 22. Toirov Maxmudjon Senat aʼzosi, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi Toshkent viloyati boʻlimi rahbari 23. Qodirov Begali Yaqubovich Qonunchilik palatasining Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi aʼzosi Fargʻona viloyati 24. Sultanov Ibroxim Ashiraliyevich Senat aʼzosi, Qoʻshtepa tumanidagi “Ismoiljon gilamlari” xususiy ishlab chiqarish korxonasi rahbari 25. Xolmaxamatova Shaxnoza Baxtiyor qizi Qonunchilik palatasining Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi aʼzosi Qashqadaryo viloyati 26. Shamsiyev Shermat Joʻraqulovich Senat aʼzosi, “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori 27. Toʻrazoda Batirbek Bekturdi oʻgʻli Qonunchilik palatasining Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi aʼzosi Xorazm viloyati 28. Sharipov Umarbek Kuranbayevich Senat aʼzosi, Xorazm viloyati Urganch tumanidagi “Tillo domor” xususiy korxonasi rahbari
Izoh: Ishchi guruh tarkibiga Oliy Majlis Qonunchilik palatasining boshqa deputatlari va Senatining boshqa aʼzolari hamda mahalliy Kengashlarning deputatlari ham jalb etilishi mumkin.
