“Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi QL-534-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (“Maktabgacha yoshdagi bolalarga maktabgacha taʼlim berish va tarbiyalash toʻgʻrisida”) (2820-III-son)
22.10.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Maktabgacha yoshdagi bolalarga maktabgacha taʼlim berish va tarbiyalash toʻgʻrisida”gi QL-534-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida” degan yangi nom bilan ikkinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari N. UMAROV
Toshkent sh.,
2019-yil 22-oktabr,
2820-III-son
