“Qishloq xoʻjaligida ekin maydonlaridan samarali foydalanish mexanizmi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (1935-III-son)
29.08.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi ikkinchi oʻqishda qabul qilingan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 5-yanvarda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-315-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 8-iyunda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-374-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini “Qishloq xoʻjaligida ekin maydonlaridan samarali foydalanish mexanizmi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” degan yangi nom bilan bitta qonun loyihasiga birlashtirsin hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibiga kiritish uchun Qonunchilik palatasi Kengashiga taqdim etsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2018-yil 29-avgust,
1935-III-son
