“Uy-joy kommunal xizmatlarni koʻrsatish hamda aholining ijtimoiy jihatdan himoya qilinishini taʼminlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (1934-III-son)
29.08.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi ikkinchi oʻqishda qabul qilingan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 5-iyunda kiritilgan “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimchalar va oʻzgartish kiritish haqida”gi QL-369-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 18-iyulda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 134-moddasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-390-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini “Uy-joy kommunal xizmatlarni koʻrsatish hamda aholining ijtimoiy jihatdan himoya qilinishini taʼminlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” degan yangi nom bilan bitta qonun loyihasiga birlashtirsin hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibiga kiritish uchun Qonunchilik palatasi Kengashiga taqdim etsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2018-yil 29-avgust,
1934-III-son
