“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga iqtisodiy munosabatlar hamda tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (1932-III-son)
29.08.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi ikkinchi oʻqishda qabul qilingan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 18-iyunda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-379-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 26-iyunda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-382-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 27-iyulda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-398-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 8-avgustda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi QL-402-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga iqtisodiy munosabatlar hamda tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” degan yangi nom bilan bitta qonun loyihasiga birlashtirsin hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibiga kiritish uchun Qonunchilik palatasi Kengashiga taqdim etsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2018-yil 29-avgust,
1932-III-son
