“Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlarning qabul qilinganligi va jinoiy javobgarlikdan ozod qilish institutining takomillashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-409-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (1964-III-son)
05.09.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan 2018-yil 30-avgustda kiritilgan “Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlarning qabul qilinganligi va jinoiy javobgarlikdan ozod qilish institutining takomillashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-409-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun qabul qilish mumkinligi toʻgʻrisidagi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasining xulosasi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi ushbu qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida birinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun tayyorlasin.
3. Qonun loyihalarini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishni tashkil etish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi guruh mazkur qonun loyihasini Qonunchilik palatasida tayyorlash, koʻrib chiqishning, shuningdek qabul qilishning barcha bosqichlarida kuzatib borishni taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2018-yil 5-sentabr,
1964-III-son
