Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti Parlament Assambleyasidagi doimiy delegatsiyasi tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida (170-IV-son)
17.03.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi Oʻzbekiston respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Qoʻshma qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti Parlament Assambleyasidagi doimiy delegatsiyasi (bundan buyon matnda doimiy delegatsiya deb yuritiladi) quyidagi tarkibda tasdiqlansin:
Nizamxodjayev Zayniddin Maxamatovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining oʻrinbosari Alimov Ravshanbek Azadbekovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalarva turizm masalalari qoʻmitasi raisi Eshmatova Feruza Farxadovna — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi raisi Fayziyeva Dilorom Xusnitdinovna — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi raisi Tilavordiyev Nodirbek Xakimovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Jumayev Nodir Xosiyatovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi aʼzosi.
2. Doimiy delegatsiyaga axborot-tahliliy va tashkiliy jihatdan koʻmaklashish maqsadida uning quyidagi tarkibdagi kotibiyati tuzilsin:.
Azizov Ildar Rafaelyevich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqiiqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalarva turizm masalalari qoʻmitasi kotibiyati bosh maslahatchisi Nurmuxamedov Azizdjan Nigmadjanovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi devonining Xalqaro aloqalar boʻlimi katta referenti.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2018-yil 28-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti Parlament Assambleyasidagi doimiy delegatsiyasi tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 1928–III/KQ-408-III-sonli Qoʻshma qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
4. Ushbu Qoʻshma qaror tegishli davlat organlariga maʼlumot uchun yuborilsin.
5. Ushbu Qoʻshma qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2020-yil 17-mart,
170-IV
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T.NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2020-yil 17-mart,
KQ-26-IV-son
