Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. Aripovga “Shoshilinch tibbiy yordam va reanimatsiya boʻlimlari uchun belgilangan koykalar sonini qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida” parlament soʻrovini yuborish haqida (2816-III-son)
18.10.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
“Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fuqarolarning sogʻligʻini saqlash masalalari qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. Aripovga “Shoshilinch tibbiy yordam va reanimatsiya boʻlimlari uchun belgilangan koykalar sonini qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida” parlament soʻrovini yuborish haqidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Mazkur Qaror va parlament soʻrovi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. Aripovga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2019-yil 18-oktabr,
2816-III-son
