Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N. Xusanovning “2019-yilda aholi bandligini taʼminlash va yangi ish oʻrinlarini tashkil etish boʻyicha davlat buyurtmasining joriy yil toʻqqiz oyidagi ijrosi toʻgʻrisida”gi axborotini eshitish haqida (2814-III-son)
18.10.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
“Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 4 va 10 moddalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N. Xusanovning “2019-yilda aholi bandligini taʼminlash va yangi ish oʻrinlarini tashkil etish boʻyicha davlat buyurtmasining joriy yil toʻqqiz oyidagi ijrosi toʻgʻrisida”gi axborotini eshitish haqidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi eshituvning tayyorlanishi hamda oʻtkazilishini tashkil etsin.
3. Ushbu Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilsin.
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2019-yil 18-oktabr,
2814-III-son
