Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi raisi B. Begalovning “Oʻzbekistonda statistik maʼlumotlarning haqqoniyligi, ishonchliligi va ochiqligini taʼminlash masalalari toʻgʻrisida”gi axborotini eshitish haqida (2813-III-son)
18.10.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
“Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 4 va 10-moddalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi raisi B. Begalovning “Oʻzbekistonda statistik maʼlumotlarning haqqoniyligi, ishonchliligi va ochiqligini taʼminlash masalalari toʻgʻrisida”gi axborotini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yalpi majlisida eshitish haqidagi Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasining taklifi qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi eshituvga tayyorgarlik koʻrilishini hamda oʻtkazilishini tashkil etsin.
3. Ushbu Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilsin.
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2019-yil 18-oktabr,
2813-III-son
