Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2019-yil 21-iyunda Oliy Majlis Senatining yigirmanchi yalpi majlisidagi nutqida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish boʻyicha Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2019-yilga moʻljallangan Chora-tadbirlar rejasi toʻgʻrisida (2559-III-son)
01.07.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi kengashining
qarori
Davlatimiz rahbarining Oliy Majlis Senatining yigirmanchi yalpi majlisidagi nutqida parlament faoliyatining koʻplab yoʻnalishlari asosli tahlil qilinib, uning oldida turgan ustuvor vazifalar belgilab berildi. Mazkur vazifalarning ijrosini oʻz vaqtida va sifatli taʼminlash Oliy Majlis Qonunchilik palatasining zimmasiga ulkan masʼuliyat yuklaydi.
Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi doirasida demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishdagi Oliy Majlisning rolini oshirish, ijro hokimiyati organlari faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirish borasidagi vakolatlarini yanada kengaytirish, uning faoliyatini samarali tashkil etishga qaratilgan qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Bugungi shiddatli islohotlar davri Oliy Majlis Qonunchilik palatasidan faqat islohotlarni huquqiy jihatdan taʼminlash emas, balki xalq vakillarining barcha sohalardagi oʻzgarishlar, yangilanishlarda faol ishtirok etishi, xalq manfaatlariga xizmat qiladigan qonun ijodkorligini tubdan kuchaytirish, ijro hokimiyati ustidan oʻrnatilgan parlament nazoratini jonlantirish, aholini qiynab kelayotgan muammolarni chuqur tahlil qilish va bartaraf etish borasidagi ishlarni jadallashtirish hamda xalqaro yoʻnalishdagi faoliyat natijadorligini oshirishni talab etmoqda.
Mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida xotin-qizlarning oʻrni va faolligini oshirish, oilani mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, ayollarning huquqlari va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini taʼminlash hamda ularni tadbirkorlikka keng jalb etish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirishni taqozo etmoqda.
Yuqoridagilardan kelib chiqib hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning Oliy Majlis Senatining yigirmanchi yalpi majlisidagi nutqida belgilangan ustuvor vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2019-yil 21-iyunda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirmanchi yalpi majlisida soʻzlagan nutqida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2019-yilga moʻljallangan Chora-tadbirlar rejasi (bundan buyon matnda Chora-tadbirlar rejasi deb yuritiladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Chora-tadbirlar rejasida nazarda tutilgan vazifalar va tadbirlarni oʻz vaqtida hamda sifatli bajarish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi deputatlar birlashmalari rahbarlari hamda qoʻmitalarning raislari masʼul ekanligi belgilab qoʻyilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devonining Nazorat-tahlil boʻlimi Chora-tadbirlar rejasining ijrosi ustidan doimiy monitoring oʻrnatib, uning borishi toʻgʻrisida har oyda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi rahbariyatiga umumlashtirilgan maʼlumot kiritib borsin.
4. Chora-tadbirlar rejasida nazarda tutilgan vazifalar va tadbirlarning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlari zimmasiga yuklatilsin.
5. Ushbu Qaror tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisiga kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2019-yil 1-iyul,
2559-III-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2019-yil 1-iyuldagi 2559-III-sonli Qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2019-yil 21-iyunda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirmanchi yalpi majlisida soʻzlagan nutqida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2019-yilga moʻljallangan
ChORA-TADBIRLAR REJASI
Nutqda belgilangan vazifalar Qonun hujjatlari loyihalarining va tadbirlarning nomi Bajarish muddatlari Masʼul ijrochilar I. QONUNChILIK PALATASI FAOLIYATINI KUChAYTIRISh Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning Oliy Majlis Senati yigirmanchi yalpi majlisidagi nutqining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish hamda undan kelib chiqadigan ustuvor vazifalarni belgilab olish. 1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning Oliy Majlis Senati yigirmanchi yalpi majlisidagi nutqining mazmun-mohiyati hamda undan kelib chiqadigan ustuvor vazifalarni belgilab olishga bagʻishlangan “Demokratik kuchlar” blokining, muxolifat fraksiyalarning yigʻilishlari va Qonunchilik palatasi Kengashining majlisini oʻtkazish. iyul Fraksiyalar, Qonunchilik palatasi Devoni Qonunchilik faoliyatida, ishni toʻgʻri tashkil qilishda talabchanlik va jonkuyarlik, tashabbuskorlik va izchillik yetishmayapti. 1. Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari va Ekoharakat deputatlar guruhi tomonidan oʻz faoliyati yoʻnalishlaridan kelib chiqib, qonun loyihalarini joylarda keng jamoatchilik, xususan, partiya elektorati ishtirokida muhokama qilish va ularning takliflarini oʻrganish borasidagi ishlarni yanada jonlantirish. 2. Qonunchilik palatasi deputatlarining qonunchilik tashabbusi huquqini amalga oshirish samaradorligini taʼminlashga qaratilgan zarur chora-tadbirlarni koʻrish. 3. Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqidan foydalanilishini ularning faoliyatini baholashdagi asosiy mezonlardan biri sifatida belgilash amaliyotini joriy etish yuzasidan takliflar tayyorlash. 4. Qabul qilingan qonunlarning samarali roʻyobga chiqarilishini taʼminlaydigan qonunosti hujjatlarining oʻz vaqtida va sifatli ishlab chiqilishi hamda qabul qilinishi ustidan doimiy monitoring amalga oshirish. doimiy ravishda iyul iyul doimiy ravishda Fraksiyalar va Ekoharakat deputatlar guruhi Fraksiyalar va Ekoharakat deputatlar guruhi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti (Institut) Qoʻmitalar Ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy va madaniy sohalardagi muammolarni chuqur tahlil qilib, qonunchilikni rivojlantirishga oid asoslangan takliflarni kiritish masalasi, afsuski,talab darajasida emas. 1. Deputatlarning oʻz saylov okruglarida ishlash, qonun ijodkorligi va nazorat-tahlil faoliyatiga doir dolzarb takliflar ishlab chiqish hamda kiritish uchun saylovchilar bilan mustahkam aloqani yoʻlga qoʻyishning tashkiliy mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha choralar koʻrish. 2. Qonun hujjatlarini har tomonlama inventarizatsiyadan oʻtkazgan holda amaldagi qonunlarning bugungi kun talablariga javob bermaydigan normalarini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash. 3. Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari va Ekoharakat deputatlar guruhi siyosiy partiyalar koʻmagida xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining siyosiy guruhlarida qonun loyihalarining keng jamoatchilik muhokamasini samarali tashkil etish choralarini koʻrish. 4. Qonun loyihalari muhokamasi yuzasidan fraksiyalararo bahs-munozaralarni yanada jonlantirish. sentyabr oktyabr doimiy ravishda doimiy ravishda Fraksiyalar va Ekoharakat deputatlar guruhi Qoʻmitalar Fraksiyalar va Ekoharakat deputatlar guruhi Fraksiyalar va Ekoharakat deputatlar guruhi Ijro hokimiyati organlari faoliyati ustidan samarali parlament nazoratini amalga oshirish. Parlament nazorati doirasida aniqlangan tizimli muammolarni umumlashtirib, ijtimoiy-iqtisodiy, sud-huquq va boshqa sohalarga oid qonunchilikni va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish boʻyicha aniq, asoslangan takliflarni ishlab chiqish va amalga oshirish ishlari qoniqarli emas. 1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning hududlarga tashriflari davomida berilgan topshiriqlardan kelib chiqib, ishlab chiqilgan va tasdiqlangan “Yoʻl xaritalari”da belgilangan vazifalarning ijrosi ustidan taʼsirchan parlament nazoratini oʻrganish. 2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlarida belgilangan vazifalarning ijro etilishi holatini oʻz faoliyat yoʻnalishlaridan kelib chiqqan holda nazorat-tahlil tartibida oʻrganish. 3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan, tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturi bajarilishining borishi hamda Vazirliklar, davlat qoʻmitalari faoliyati samaradorligini va maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlarida koʻrsatilgan chora-tadbirlarning bajarilishi ustidan samarali parlament va jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirish. 4. Qonun loyihasi yuzasidan birinchi oʻqishda maʼruza bilan chiqish va uni himoya qilishni qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti vakiliga yuklash, qonun loyihasi deputatlar tomonidan konseptual qoʻllab-quvvatlangandan soʻng uni Qonunchilik palatasining masʼul qoʻmitasiga biriktirish amaliyotini joriy etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish. 5. “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Qonunga parlament soʻrovi, deputat soʻrovi qaysi mansabdor shaxsga yuborilgan boʻlsa, javob xati ham oʻsha mansabdor shaxs tomonidan yuborilishini belgilashga qaratilgan oʻzgartishlar kiritish. 6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-iyundagi “Qishloq xoʻjaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5742-sonli Farmoniningoʻz vaqtida va samarali ijro etilishi ustidan taʼsirchan parlament nazoratini oʻrnatish. Xususan, amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida tegishli vazirlik va idoralar rahbarlarining axborotlarini har chorakda eshitib borilishini taʼminlash. 7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-martdagi “2019-yilda aholi bandligini taʼminlash va yangi ish oʻrinlarini tashkil etish boʻyicha davlat buyurtmasi toʻgʻrisida”gi PQ-4227-sonli Qaroriningijrosi yuzasidan bandlik va mehnat munosabatlari vazirining axborotini Qoʻmitada eshitish. 8. Nazorat-tahlil tadbirlari yakunlari boʻyicha qabul qilingan qarorlar ijrosi ustidan oʻrnatilgan parlament nazoratining natijadorligini oshirish. doimiy ravishda avgust sentyabr har chorakda oktyabr doimiy ravishda Qoʻmitalar Fraksiyalar va Ekoharakat deputatlar guruhi, Qoʻmitalar, Institut, Qonunchilik palatasi Devonining Yuridik boshqarmasi (umumlashtirish) Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi, Qonunchilik palatasi Devonining Yuridik boshqarmasi Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi Qoʻmitalar II. PARLAMENTLARARO HAMKORLIKNI KUChAYTIRISh Xalqaro yoʻnalishdagi faoliyatni kuchaytirish va ishlarning natijadorligini oshirish. Parlamentlararo Ittifoq, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Parlament assambleyasi, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi parlamentlararo assambleyasi va Oʻzbekiston nomidan Oliy Majlis aʼzo boʻlgan boshqa xalqaro parlament tashkilotlari bilan ishlash strategiyasini belgilaydigan, aniq va uzoq muddatni koʻzlaydigan ish rejalarini belgilab olish lozim. 1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va xorijiy mamlakatlar parlamentlari oʻrtasida tuzilgan doʻstlik guruhlari faoliyatini tanqidiy oʻrganish va takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish. 2. Xalqaro parlamentlararo tashkilotlar bilan bilan ishlash strategiyasini belgilaydigan, aniq va uzoq muddatni koʻzlaydigan ish rejani Senatning tegishli qoʻmitasi bilan hamkorlikda ishlab chiqish va qabul qilish. 3. Oliy Majlisning xorijiy mamlakatlar parlamentlari bilan doʻstlik guruhlarining maʼlum bir davrdagi faoliyati yakunlariga bagʻishlangan yigʻilishlarni oʻtkazib borish amaliyotini yoʻlga qoʻyish. 4. “Oʻzbekiston-Yevropa Ittifoqi” parlament hamkorlik qoʻmitasining navbatdagi 15-majlisini yuqori saviyada oʻtkazish. 5. Qonunchilik palatasi Spikerining Qozogʻiston Respublikasida oʻtkaziladigan Yevroosiyo mamlakatlari parlament spikyerlarining toʻrtinchi yigʻilishida ishtirokini taʼminlash. 6. Oʻzbekiston Respublikasiga: Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Davlat Dumasi Raisining; Tojikiston Respublikasi Oli Majlisi Vakillari palatasi Raisining tashriflarini tashkil etish. iyul avgust doimiy ravishda noyabr sentyabr sentyabr oktyabr Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan imzolangan xalqaro shartnomalarning ijrosini parlament nazorati tartibida muntazam oʻrganishni yoʻlga qoʻyish. 1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Sh.M. Mirziyoyevning xorijiy davlatlarga amalga oshirgan rasmiy tashriflari yakuni boʻyicha tuziladigan “Yoʻl xaritalari” ijrosi ustidan taʼsirchan parlament nazoratini amalga oshirish. 2. Qoʻmitalar oʻz faoliyat yoʻnalishlaridan kelib chiqib, Oʻzbekistonning xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar va xalqaro moliya institutlari bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalarda tuzilgan shartnoma va kelishuvlari oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli bajarilishini taʼminlashda parlament nazorati shakllaridan samarali foydalanish choralarini koʻrish. 3. “Oʻzbekiston Respublikasining Xalqaro shartnomalar toʻgʻrisida”gi Qonunning ijro etilishi holatini oʻrganish. 4. “Biologik xilma xillik toʻgʻrisida”gi (1989-yilda qabul qilingan va 1992-yilda kuchga kirgan, 1995-yilda Oʻzbekiston qoʻshilgan) Konvensiyani bajarilish holatini oʻrganish. doimiy ravishda sentyabr oktyabr Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi Qoʻmitalar Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi Parlamentlararo hamkorlikka oid tashriflarga yuqori natijadorlik nuqtai nazaridan yondashish. 1. Parlamentlararo hamkorlik doirasida deputatlarning chet ellarga rasmiy tashriflari rejasini oldindan puxta ishlab chiqish va tashrif yakunlari boʻyicha aniq, asoslantirilgan takliflar tayyorlash. 2. Deputatlarning xorijiy davlatlardagi rasmiy tashriflari yakunlari va ishlab chiqilgan takliflarni Qonunchilik palatasi Kengashida muhokama qilish amaliyotini yoʻlga qoʻyish. doimiy ravishda Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi III. XALQ DEPUTATLARI MAHALLIY KENGAShLAR FAOLIYATINI KUChAYTIRISh Kelgusida hokimlarning ijro va vakillik hokimiyati rahbari sifatidagi vakolatlarini alohida-alohida ajratib qoʻyish. 1. Hokimning xalq deputatlari Kengashi raisi sifatidagi maqomini bekor qilish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan amaldagi qonunlarga tegishli oʻzgartishlar kiritish yuzasidan takliflar tayyorlash. iyul Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi, Institut Joylardagi mahalliy Kengashlar deputatlarining professional saviyasi va huquqiy savodxonligi, ularning deputatlik faoliyatini toʻgʻri va samarali tashkil etish koʻnikmalari bugungi kun talablari darajasida emas. 1. Saylov okruglaridagi uchrashuvlar davomida Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan xalq deputatlari mahalliy Kengashlar faoliyatiga tashkiliy, huquqiy va axborot-tahliliy koʻmak berish, mahalliy Kengashlar deputatlarining huquqiy savodxonligini oshirish, deputatlik faoliyatini samarali tashkil etish borasidagi koʻnikmalarini shakllantirishda amaliy yordam koʻrsatish. 2. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlarining faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish. har oyining oxirgi haftasi avgust Fraksiyalar va Ekoharakat deputatlar guruhi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi IV. SIYOSIY-IJTIMOIY HAYOTDA AYoLLARNING OʻRNI VA NUFUZINI YaNADA MUSTAHKAMLASh Qonunchilik palatasining Oila va ayollar masalalari boʻyicha komissiyasi tuzilgan edi. Bu tuzilma negadir ishlamadi, uning Nizomida belgilangan vazifalar qogʻozda qolib ketdi. 1. Oila va ayollar masalalari boʻyicha komissiya faoliyatini takomillashtirish choralarini koʻrish. 2. Oila va ayollar masalalari boʻyicha komissiyaning 2019-yil II yarim yillikka moʻljallangan ish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash. iyul Oila va ayollar masalalari boʻyicha komissiya Bu yil Oliy M�jlis va mahalliy Kengashlarga boʻlib oʻtadigan saylovlarda ana shunday siyosiy saviyasi yetuk, mehnatkash va oqila ayollarimiz oʻz salohiyatini namoyon etib, deputat va senator boʻlib saylansalar, men ishonaman, bundan davlatimiz ham, jamiyatimiz ham faqat katta naf koʻradi. 1. Qonunchilik palatasidagi fraksiyalar va Ekoharakat deputatlar guruhi siyosiy partiyalar bilan hamkorlikda partiyalarning kadrlar zaxirasini siyosiy yetuk, fidoiy, mehnatkash va jamiyatda hurmat-eʼtibor qozongan xotin-qizlar bilan toʻldirish. 2. Ayollar siyosiy-ijtimoiy faolligini oshirish hamda xotin-qizlar bilan ishlash tizimini faollashtirishga qaratilgan partiya loyihalarida deputatlarning faol ishtirokini taʼminlash. 3. Saylovlarga tayyorgarlik doirasida oʻtkaziladigan siyosiy oʻ?uvlarda Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari va Ekoharakat deputatlar gurihining aʼzolarini asosiy maʼruzachi sifatida ishtirokni taʼminlash choralarini koʻrish avgust doimiy ravishda avgust-sentyabr Fraksiyalar va Ekoharakat deputatlar guruhi Oʻtgan ikki yilda xalqaro andozalar talablari doirasida ayollar ahvolini tubdan yaxshilashga doir 15 ta normativ-huquqiy hujjat imzolangan va ijroga qaratilgan. Ayollar ahvolini tubdan yaxshilashga doir ushbu normativ-huquqiy hujja�larda belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida va samarali ijro etilishi ustidan parlament nazoratini oʻrnatish. avgust “Adolat” SDP fraksiyasi, Oila va ayollar masalalari boʻyicha komissiya Oilani mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, ayollarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini taʼminlash, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy va madaniy hayotda ayollarning ishtirokini kengaytirish boʻyicha qonun ijodkorligi va parlament nazoratini kuchaytirish lozim. 1. “Erkaklar va ayollarning teng huquqlari va imkoniyatlari kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish; 2. “Ayollarni tazyiq va zoʻravonliklardan himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish. iyul Institut, Oila va ayollar masalalari boʻyicha komissiya Yana bir muhim masala — ayollarni ish bilan taʼminlash, xotin-kizlarning zamonaviy kasb-hunarlarni puxta egallashi uchun sharoit yaratish, ularning ishbilarmonlik koʻnikmalarini rivojlantirish, xotin-qizlarni tadbirkor�ikka keng jalb etishdan iborat. 1. “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida olib borilayotgan ishlarni Andijon viloyati misolida oʻrganish. 2.“2019-yilda aholi bandligini taʼminlash va yangi ish oʻrinlarini tashkil etish boʻyicha davlat buyurtmasini bajarilishi, jumladan ayollar bandligini taʼminlash borasida olib borilayotgan ishlar haqida”gi Namangan viloyati hokimining axborotini qoʻmitaning kengaytirilgan yigʻilishida eshitish. 3. “Besh ijobiy tashabbus” doirasida xotin-qizlar bandligini taʼminlash yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlarning holatini Fargʻona viloyatida oʻrganish. oktyabr oktyabr noyabr Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi Oila va ayollar masalalari boʻyicha komissiyasi Ijtimoiy sharoiti ogʻir ayollarni qoʻllab-quvvatlash, xotin-qizlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni ish bilan taʼminlashga koʻmak koʻrsatadigan 376 ta nodavlat notijorat tashkilotlarining ishtiroki yetarli darajada sezilmayapti. Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan xotin-qizlarning bandligini taʼminlash, ularning ijtimoiy-siyosiy va sotsial faolligini oshirish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish taʼminlashga qaratilgan nodavlat notijorat tashkilotlari uchun grant tanlovlarini oʻtkazish yuzasidan takliflar ishlab chiqish. avgust Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi
