“Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-398-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (1884-III-son)
07.08.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 27-iyulda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-398-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2018-yil 7-avgust,
1884-III-son
