“Oʻzbekiston Respublikasining biologik xilma-xillik haqidagi Konvensiyaning bioxavfsizlik boʻyicha Kartaxen protokoliga qoʻshilishi toʻgʻrisida”gi (Monreal, 2000-yil 29-yanvar) Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida (2790-III-son)
09.10.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasining biologik xilma-xillik haqidagi Konvensiyaning bioxavfsizlik boʻyicha Kartaxen protokoliga qoʻshilishi toʻgʻrisida”gi (Monreal, 2000-yil 29-yanvar) Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin.
2. Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2019-yil 9-oktabr,
2790-III-son
