“Islom Hamkorlik Tashkiloti Ustaviga kiritilgan tuzatishni (Abidjan shahri, 2017-yil 10-11-iyul) ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida”gi QL-391-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (1879-III-son)
07.08.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusiga binoan 2018-yil 12-iyulda kiritilgan “Islom Hamkorlik Tashkiloti Ustaviga kiritilgan tuzatishni (Abidjan shahri, 2017-yil 10-11-iyul) ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida”gi QL-391-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2018-yil 7-avgust,
1879-III-son
