“Islom davlatlarining standartlar va metrologiya instituti ustavi va tartib-qoidalarini (Istanbul, 1999-yil 7-noyabr, 2017-yil 7-may holatidagi oʻzgartirishlar bilan) ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida (1876-III-son)
07.08.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Islom davlatlarining standartlar va metrologiya instituti ustavi va tartib-qoidalarini (Istanbul, 1999-yil 7-noyabr, 2017-yil 7-may holatidagi oʻzgartirishlar bilan) ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida”gi QL-386-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin.
2. Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2018-yil 7-avgust,
1876-III-son
