“Islom davlatlarining standartlar va metrologiya instituti ustavi va tartib-qoidalarini (Istanbul, 1999-yil 7-noyabr, 2017-yil 7-may holatidagi oʻzgartirishlar bilan) ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida”gi QL-386-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (1875-III-son)
07.08.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2018-yil 12-iyulda kiritilgan “Islom davlatlarining standartlar va metrologiya instituti ustavi va tartib-qoidalarini (Istanbul, 1999-yil 7-noyabr, 2017-yil 7-may holatidagi oʻzgartirishlar bilan) ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida”gi QL-386-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2018-yil 7-avgust,
1875-III-son
