Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining 2019-yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi toʻgʻrisida (2712-III-son)
27.08.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining 2019-yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisobotini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi taʼkidlaydiki, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida iqtisodiyot sohasida belgilangan ustuvor vazifalarning izchil amalga oshirilishi, Davlat budjeti daromadlarini koʻpaytirish imkoniyatlari oshganligi va zaxiralarning yaratilganligi, mablagʻlar oqilona sarflanganligi natijasida mamlakatda iqtisodiyotning barqaror oʻsish surʼatlari hamda makroiqtisodiy barqarorlik taʼminlangan.
2019-yilda soliq siyosatini tubdan takomillashtirish konsepsiyasi amalga tatbiq etilayotganligi, valyuta bozorining erkinlashtirilishi, biznesni yuritish uchun qulay muhitning yaratilganligi, innovatsiyalarga asoslangan ishlab chiqarishlarning tashkil etilishi, shuningdek kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratilishi Davlat budjetining mutanosib ijrosini taʼminlash imkonini yaratgan.
Natijada joriy yilning birinchi yarim yilligida yalpi ichki mahsulotning oʻsishi 5,8 foizni tashkil etdi, va xususan, xizmatlar koʻrsatish 1,7 foiz, sanoat mahsulotini ishlab chiqarish hajmi 1,6 foiz, qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaliklari mahsuloti hajmi 0,5 foiz hamda qurilish ishlari hajmi 1,3 foiz oʻsgan.
Davlat budjeti daromadlari 50,7 trln. soʻmni tashkil etib, ŭtgan ĭilning mos davriga nisbatan 52,9 foiz ŭsgan.
Hisobot davrida tashqi savdo aylanmasi 19,7 mln. AQSh dollarini tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 29,8 foiz oshgan, eksport hajmi 8,4 mlrd. AQSh dollarini va import hajmi 11,2 mlrd. AQSh dollarini tashkil etgan.
Davlat budjetining xarajatlari 55,3 trln. sŭmni yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 24,9 foizni tashkil etgan.
Xarajatlarning ijtimoiy yoʻnaltirilganligi saqlab qolinib, ijtimoiĭ xarajatlarni moliyalashtirish uchun Davlat budjetidan 30,1 trln. sŭm yoki umumiĭ xarajatlarning 54,4 foizi miqdorida mablagʻ sarflangan.
Ijtimoiĭ soha va aholini ijtimoiĭ qŭllab-quvvatlash xarajatlari uchun ajratilgan mablagʻlarning 16,6 trln. sŭmi yoki qariĭb 56,9 foizi ish haqi va unga tenglashtirilgan tŭlovlarni tashkil etgan.
Ijtimoiy xarajatlarning 54,4 foizini tashkil etgan taʼlim tizimi muassasalarini saqlash va ularni rivojlantirish xarajatlariga Davlat budjetidan 16,4 trln. soʻm mablagʻ ajratilgan. Shundan umumtaʼlim sohasiga yoʻnaltirilgan mablagʻlar 9,9 trln. soʻmni tashkil etgan.
Maktabgacha taʼlim muassasalarini saqlash xarajatlariga Davlat budjetidan 2 281,9 mlrd. soʻm mablagʻ ajratilgan. Bogʻcha yoshidagi 2,6 million nafardan ziyod bolalarning 1 milliondan ziyod nafarining maktabgacha taʼlim muassasasi bilan qamrab olinishi taʼminlangan. Bu umumiy bolalar soniga nisbatan 40,5 foizni tashkil etgan. Bolalarni maktabgacha taʼlim muassasa bilan qamrab olish darajasi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 31,0 foizga ortgan.
Joriy yilning hisobot davrida iqtisodiyotga Davlat budjetidan qariyb 8,0 trln. soʻm mablagʻ sarflangan.
Markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlariga Davlat budjeti jami xarajatlarining 5,6 foizi yoki 3,1 trln. soʻm mablagʻ sarflanib, bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 2 baravarga ortgan.
Davlat budjetidan sogʻliqni saqlash sohasini moliyalashtirishga ajratilayotgan mablagʻlar miqdori hisobot davrida 6,6 trln. sŭmni tashkil etib, ŭtgan ĭilning mos davriga nisbatan 58,7 foiz ŭsgan.
Hisobot davrida hududlarda daromadlar bazasini kengaytirish va qoʻshimcha daromad zaxiralarini aniqlash boʻyicha amalga oshirilgan ishlar natijasida soliqlardan tushgan tushumlar 13,9 trln. soʻmni tashkil qilib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 6,7 trln. soʻm yoki 1,9 barobarga oʻsgan.
Shuni taʼkidlash joizki, budjet tashkilotlarida va budjetdan mablagʻ oluvchilarda budjet toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan davlat moliyaviy nazorat tadbirlari amalga oshirilishi natijasida 3205 ta budjet tashkilotining 2620 tasida 54, 2 mlrd. soʻm miqdoridagi moliyaviy xatoliklar, jumladan 15,4 mlrd. soʻm miqdoridagi pul mablagʻlari va moddiy boyliklar kamomadi, oʻzlashtirishlar hamda 38,8 mlrd. soʻm miqdorida noqonuniy xarajatlar aniqlangan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib hamda hisobotni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi deputatlar birlashmalari va qoʻmitalarda dastlabki tarzda muhokama qilish davomida bildirilgan taklif hamda mulohazalarni hisobga olib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining 2019-yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobot tasdiqlansin.
Joriy yilning birinchi yarim yilligida Davlat budjeti daromadlari 50,7 trln. soʻmni, xarajatlari esa 55,3 trln. soʻmni tashkil etib, 4,6 trln. soʻm taqchillik bilan bajarilganligi qayd etilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
iqtisodiyotning raqobatbardoshliligini oshirish, makroiqtisodiy barqarorlikni va iqtisodiyotning yuqori oʻsish surʼatlarini taʼminlash;
2019-yilga moʻljallangan investitsiya loyihalarining soʻzsiz bajarilishini taʼminlash;
aholining ijtimoiy zaif qatlamlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish;
uzluksiz taʼlim tizimini yanada rivojlantirish, malakali kadrlarni tayyorlash, maktabgacha taʼlim muassasalari sonini koʻpaytirish, shuningdek xususiy taʼlim muassasalari tarmogʻini kengaytirish, eng muhimi, taʼlim xizmatlari sifatini taʼminlash;
tadbirkorlik subyektlariga davlat-xususiy sherikchilik asosida maktabgacha taʼlim muassasalarini tashkil etish uchun imtiyozli kreditlar berishni taʼminlash;
turizmni rivojlantirish va aholini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish maqsadida infratuzilma obyektlarini, shu jumladan mehmonxonalar va xostellarni tashkil qilish uchun tijorat banklarining kredit resurslarini olish imkoniyatlarini kengaytirish;
mahalliy davlat hokimiyati organlarining mahalliy budjet mablagʻlarini boshqarish boʻyicha mustaqilligini yanada oshirish, mahalliy budjetlarning daromadlar bazasini kengaytirish zaxiralarini aniqlash ishlarini davom ettirish hamda mahalliy budjetlarning daromad qismini mustahkamlashga qaratilgan budjetlararo munosabatlarni takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi:
soliqlarning yigʻiluvchanlik darajasini oshirishga va ularning toʻliq toʻlanishini taʼminlashga qaratilgan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish yoʻli bilan moliya va soliq organlarining hududiy boʻlinmalari oʻrtasida hamkorlikni kuchaytirsin;
budjet tashkilotlari va budjetdan mablagʻ oluvchilar tomonidan budjet mablagʻlarining asossiz sarflanishining oldini olish zarurligiga alohida eʼtibor qaratgan holda budjet mablagʻlaridan maqsadli va oqilona foydalanilishi ustidan moliyaviy nazoratni kuchaytirsin;
qoʻshimcha imkoniyatlarni aniqlash orqali mahalliy budjetlarga soliqlar hamda boshqa majburiy toʻlovlar tushumining bajarilishini taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalari oʻz yoʻnalishlariga koʻra nazorat-tahlil faoliyati davomida, xususan, budjetlarning ijrosi bilan bogʻliq masalalar koʻrib chiqilayotganda qonun hujjatlarini yangi talablarga mos tarzda takomillashtirish masalalarini oʻrgansin, ular yuzasidan takliflar hamda budjet mablagʻlaridan foydalanish natijadorligi va samaradorligini taʼminlash boʻyicha tavsiyalar kiritsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari tegishli xokimlarning, soliq va moliya organlari rahbarlarining mahalliy budjetlar daromadlarini oshirish, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qoʻshimcha imkoniyatlar va zaxiralarni aniqlash yuzasidan amalga oshirayotgan ishlari, shuningdek qoʻshimcha ish oʻrinlarini yaratish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi hisobotlari xalq deputatlari mahalliy Kengashlari sessiyalarida koʻrilishiga koʻmaklashsin hamda ularda ishtirok etsin.
6. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari N. UMAROV
Toshkent sh.,
2019-yil 27-avgust,
2712-III-son
