Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A. Abduhakimovga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining “Umumtaʼlim maktablarida tibbiy xizmat koʻrsatish holatini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi parlament soʻrovini yuborish haqida (2468-III-son)
23.04.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 12-moddasi va “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fuqarolarning sogʻligʻini saqlash masalalari qoʻmitasining taklifi qabul qilinsin va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A. Abduhakimovga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining “Umumtaʼlim maktablarida tibbiy xizmat koʻrsatish holatini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi parlament soʻrovi yuborilsin.
2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari X. KETMONOV
Toshkent sh.,
2019-yil 23-aprel,
2468-III-son
