“Toshkent issiqlik elektr markazida quvvati 32 MVt boʻlgan ikkita gaz turbina qurilmasini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (784-son)
15.12.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2020 — 2022-yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 9-yanvardagi PQ-4563-son qaroriga muvofiq, shuningdek elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarishga zamonaviy yuqori samarali kogeneratsiya texnologiyalarini joriy qilgan holda generatsiya quvvatlarini yanada rivojlantirish hamda respublika isteʼmolchilarini elektr energiyasi bilan taʼminlashning ishonchliligini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) oʻrtasida 2015-yil 25-oktabrda “Toshkent kogeneratsiya issiqlik elektr stansiyasini qurish” investitsiya loyihasini moliyalashtirishda konsalting xizmatlari uchun yillik 0,01 foiz hamda gaz turbina qurilmasini qurish uchun olti oylik LIBOR minus 1,33 foiz stavkalarida 40 yilda soʻndirish muddati, shundan 10 yil imtiyozli davr bilan umumiy qiymati 12 mlrd yapon iyenasi miqdorida qarz bitimi (keyingi oʻrinlarda — qarz bitimi) imzolanganligi;
qarz bitimiga muvofiq Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) qarz mablagʻlaridan foydalanish tartibi boʻyicha 2016-yil 19-aprelda Agentlik bitimi hamda ushbu Agentlik bitimiga 2019-yil 10-avgustda qoʻshimcha bitim imzolanganligi;
Yaponiyada 2018-yildan boshlab 27 MVt quvvatli bugʻ-gaz qurilmasi oʻrniga zamonaviy 32 MVt quvvatli modeli ishlab chiqarilayotganligini eʼtiborga olib, loyihaning dastlabki qiymatini oshirmagan holda, 2 ta 32 MVt quvvatli bugʻ-gaz qurilmalarini oʻrnatish rejalashtirilganligi;
“UzInjiniring” Respublika loyihalash instituti tomonidan loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanuvi ishlab chiqish jarayonida olib borilgan izlanishlar natijasida N-25 turdagi gaz turbinalar sinfiga mansub turbinalarning “Gas Turbine World Nandbook 2018” jurnalida modernizatsiyalangan koʻrinishdagi 31 MVt dan 33 MVtgacha quvvatdagi gaz turbinalari keltirilganligidan kelib chiqib, loyihaning texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarini hisoblashda oʻrtacha quvvati 32 MVt boʻlgan gaz turbina qurilmasi shartli ravishda qabul qilinganligi;
umumiy qiymati 109,24 mln AQSh dollari boʻlgan loyihaning asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari bilan birgalikda texnik-iqtisodiy asoslanuvi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 16-iyuldagi PQ-3857-son qarorida belgilangan tartibda Moliya vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida ekspertizadan oʻtkazilganligi;
“Toshkent issiqlik elektr markazi” AJning (keyingi oʻrinlarda — “Toshkent IEM” AJ) tovarlar (xizmatlar) aylanmasida qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilish hisobidan bojxona hamda soliq imtiyozlari koʻrinishida Oʻzbekiston Respublikasining loyihadagi hissasi 12,72 mln AQSh dollarini tashkil etishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Energetika vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJning qarz bitimi mablagʻlarini loyihani amalga oshirishga yoʻnaltirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
3. Quyidagilar:
“Toshkent issiqlik elektr markazida quvvati 32 MVt boʻlgan ikkita gaz turbina qurilmasini qurish” investitsiya loyihasi texnik-iqtisodiy asoslanuvining asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;
“Toshkent issiqlik elektr markazida quvvati 32 MVt boʻlgan ikkita gaz turbina qurilmasini qurish” investitsiya loyihasi doirasida konsalting xizmatlari uchun jalb etiladigan Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) qarzi boʻyicha asosiy qarzni soʻndirish, foiz va yigʻim toʻlovlarini toʻlashning prognoz jadvali 2-ilovaga muvofiq;
“Toshkent issiqlik elektr markazida quvvati 32 MVt boʻlgan ikkita gaz turbina qurilmasini qurish” investitsiya loyihasi doirasida asbob-uskuna, materiallarni xarid qilish va qurilish-montaj ishlarini bajarishga jalb etiladigan Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) qarzi boʻyicha asosiy qarzni soʻndirish, foiz va yigʻim toʻlovlarini toʻlashning prognoz jadvali 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Belgilab qoʻyilsinki:
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ loyihaning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va monitoring qilish uchun masʼul hisoblanadi;
“Toshkent IEM” AJ loyihani oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) qarzidan maqsadli va samarali foydalanish hamda qarz va foizlarni oʻz vaqtida soʻndirish uchun masʼul loyiha tashabbuskori hisoblanadi;
Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) qarzini soʻndirish, foiz va yigʻim toʻlovlarini toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar “Toshkent IEM” AJ va “Issiqlik elektr stansiyalari” AJning oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 15-dekabr,
784-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15 dekabrdagi 784-son qaroriga 1-ILOVA
“Toshkent issiqlik elektr markazida quvvati 32 MVt boʻlgan ikkita gaz turbina qurilmasini qurish” investitsiya loyihasi texnik-iqtisodiy asoslanuvining asosiy texnik-iqtisodiy
KOʻRSATKIChLARI
T/r Koʻrsatkichning nomlanishi Oʻlchov birligi Jami* Moliyalashtirish manbasi, shu jumladan: “Toshkent IEM” AJning oʻz mablagʻlari “JICA” qarzi shu jumladan: Oʻzbekiston Respublikasining hissasi** gaz turbina qurilmasi uchun konsalting xizmatlari uchun 1. Loyihaning umumiy qiymati ming AQSh doll. ekv. 109 243,6 15 461,4 81 064,9 74 211,7 6 853,2 12 717,3 2. Jami kapital qoʻyilmalar summa�i, shu jumladan: ming AQSh doll. ekv. 96 526,3 15 461,4 81 064,9 74 211,7 6 853,2 - 2.1. Mashina va uskunalar: ming AQSh doll. ekv. 71 587,0 10 738,0 60 849,0 60 849,0 - - chet el valyutasida 71 587,0 10 738,0 60 849,0 60 849,0 - - milliy valyutada - - - - - - 2.2. qurilish-montaj ishlari: ming AQSh doll. ekv. 10 618,5 1 592,8 9 025,7 9 025,7 - - chet el valyutasida 10 618,5 1 592,8 9 025,7 9 025,7 - - milliy valyutada - - - - - - 2.3. boshqa xarajatlar: ming AQSh doll. ekv. 13 456,8 2 266,6 11 190,2 4 337,0 6 853,2 - chet el valyutasida 11 955,6 765,4 11 190,2 4 337,0 6 853,2 - milliy valyutada 1 501,2 1 501,2 - - - - 2.4. investitsiya davridagi moliyaviy xarajatlar: ming AQSh doll.ekv. 864,0 864,0 - - - - chet el valyutasida 124,1 124,1 - - - - milliy valyutada 739,9 739,9 - - - - 3. Soliq va bojxona imtiyozlari ming AQSh doll. ekv. 12 717,3 - - - - 12 717,3 chet el valyutasida - - - - - - milliy valyutada 12 717,3 - - - - 12 717,3 4. Mavjud boʻlgan asosiy fondlarning qiymati mlrd soʻm 229,2 5. Loyiha q�vvati: MVt 64 (2x32)*** yillik ishlab chiqariladigan mahsulot ming.kVt.s. elektr energiyasi — 515 605 Gkal issiqlik energiyasi — 690 303 6. Yaratiladigan ish oʻrinlari xodim 41 7. Investitsiya davri oy 27 8. Yaratiladigan ishlab chiqarish fondlarining qiymati ming AQSh doll. ekv. 96 526,3
Izoh:
* Loyihaning yakuniy qiymat batafsil loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilganidan keyin hamda tovarlar (ishlar va xizmatlar) yetkazib berish boʻyicha tender savdolari natijalariga koʻra belgilanadi.
** Qoʻshilgan qiymat soligʻi va bojxona imtiyozlari.
*** Loyiha doirasida 32 MVt quvvatli yangi zamonaviy va samaradorligi yuqori boʻlgan ikkita gaz turbina qurilmasi qurilishi koʻzda tutilgan.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-dekabrdagi 784-son qaroriga 2-ILOVA
“Toshkent issiqlik elektr markazida quvvati 32 MVt boʻlgan ikkita gaz turbina qurilmasini qurish” investitsiya loyihasi doirasida konsalting xizmatlari uchun jalb etiladigan Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) qarzi boʻyicha asosiy qarzni soʻndirish, foiz va yigʻim toʻlovlarini toʻlashning
PROGNOZ JADVALI
Jami qarz miqdori — 6 853,2 ming AQSh dollari Qarzni qaytarish muddati — 40 yil (imtiyozli davr — 10 yil) Qarz boʻyicha foiz stavkasi — 0,01 foiz Qarzni tashkil etish yigʻimi (bir martalik toʻlov) — 0,2 foiz (ming AQSh dollari) Toʻlov muddatlari Qarzni olish miqdori Qarz qoldigʻi Toʻlov miqdorlari Qarzni tashkil etish yigʻimi Jami toʻlovlar miqdori* asosiy qarz boʻyicha toʻlovlar foizlar boʻyicha toʻlovlar 20.12.2016 - - - - 1 370,64 1 370,64 20.12.2019 685,32 6 853,20 - - - - 20.06.2020 2 056,10 6 853,20 - - - - 20.12.2020 0,14 6 853,20 - - - - 20.06.2021 2 056,20 6 853,20 - - - - 20.12.2021 0,24 6 853,20 - - - - 20.06.2022 1 713,48 6 853,20 - - - - 20.12.2022 0,33 6 853,20 - - - 0,35 20.06.2023 341,39 6 853,20 - 0,33 - 0,33 20.12.2023 - 6 853,20 - 0,34 - 0,34 20.06.2024 - 6 853,20 - 0,34 - 0,34 20.12.2024 - 6 853,20 - 0,34 - 0,34 20.06.2025 - 6 853,20 - 0,34 - 0,34 20.12.2025 - 6 740,80 112,40 0,34 - 112,74 20.06.2026 - 6 628,40 112,40 0,34 - 112,74 20.12.2026 - 6 516,00 112,40 0,34 - 112,74 20.06.2027 - 6 403,60 112,40 0,33 - 112,73 20.12.2027 - 6 291,20 112,40 0,32 - 112,72 20.06.2028 - 6 178,80 112,40 0,32 - 112,72 20.12.2028 - 6 066,40 112,40 0,31 - 112,71 20.06.2029 - 5 954,00 112,40 0,30 - 112,70 20.12.2029 - 5 841,60 112,40 0,30 - 112,70 20.06.2030 - 5 729,20 112,40 0,29 - 112,69 20.12.2030 - 5 616,80 112,40 0,29 - 112,69 20.06.2031 - 5 504,40 112,40 0,28 - 112,68 20.12.2031 - 5 392,00 112,40 0,28 - 112,68 20.06.2032 - 5 279,60 112,40 0,27 - 112,67 20.12.2032 - 5 167,20 112,40 0,26 - 112,66 20.06.2033 - 5 054,80 112,40 0,26 - 112,66 20.12.2033 - 4 942,40 112,40 0,25 - 112,65 20.06.2034 - 4 830,00 112,40 0,25 - 112,65 20.12.2034 - 4 717,60 112,40 0,24 - 112,64 20.06.2035 - 4 605,20 112,40 0,24 - 112,64 20.12.2035 - 4 492,80 112,40 0,23 - 112,63 20.06.2036 - 4 380,40 112,40 0,23 - 112,63 20.12.2036 - 4 268,00 112,40 0,22 - 112,62 20.06.2037 - 4 155,60 112,40 0,21 - 112,61 20.12.2037 - 4 043,20 112,40 0,21 - 112,61 20.06.2038 - 3 930,80 112,40 0,20 - 112,60 20.12.2038 - 3 818,40 112,40 0,20 - 112,60 20.06.2039 - 3 706,00 112,40 0,19 - 112,59 20.12.2039 - 3 593,60 112,40 0,19 - 112,59 20.06.2040 - 3 481,20 112,40 0,18 - 112,58 20.12.2040 - 3 368,80 112,40 0,17 - 112,57 20.06.2041 - 3 256,40 112,40 0,17 - 112,57 20.12.2041 - 3 144,00 112,40 0,16 - 112,56 20.06.2042 - 3 031,60 112,40 0,16 - 112,56 20.12.2042 - 3 919,20 112,40 0,15 - 112,55 20.06.2043 - 2 806,80 112,40 0,15 - 112,55 20.12.2043 - 2 694,40 112,40 0,14 - 112,54 20.06.2044 - 2 582,00 112,40 0,14 - 112,54 20.12.2044 - 2 469,60 112,40 0,13 - 112,53 20.06.2045 - 2 357,20 112,40 0,12 - 112,52 20.12.2045 - 2 244,80 112,40 0,12 - 112,52 20.06.2046 - 2 132,40 112,40 0,11 - 112,51 20.12.2046 - 2 020,00 112,40 0,11 - 112,51 20.06.2047 - 1 907,60 112,40 0,10 - 112,50 20.12.2047 - 1 795,20 112,40 0,10 - 112,50 20.06.2048 - 1 682,80 112,40 0,09 - 112,49 20.12.2048 - 1 570,40 112,40 0,08 - 112,48 20.06.2049 - 4 458,00 112,40 0,08 - 112,48 20.12.2049 - 1 345,60 112,40 0,07 - 112,47 20.06.2050 - 1 233,20 112,40 0,07 - 112,47 20.12.2050 - 1 120,80 112,40 0,06 - 112,46 20.06.2051 - 1 008,40 112,40 0,06 - 112,46 20.12.2051 - 896,00 112,40 0,05 - 112,45 20.06.2052 - 783,60 112,40 0,04 - 112,44 20.12.2052 - 671,20 112,40 0,04 - 112,44 20.06.2053 - 558,80 112,40 0,03 - 112,43 20.12.2053 - 446,40 112,40 0,03 - 112,43 20.06.2054 - 334,00 112,40 0,02 - 112,42 20.12.2054 - 221,60 112,40 0,02 - 112,42 20.06.2055 - 109,19 112,41 0,01 - 112,42 20.12.2055 - - 109,19 0,01 - 109,20 Jami: 6 853,20 - 6 853,20 12,35 1 370,64 8 236,19
Izoh: * Toʻlovlar summasi qarzni haqiqatda ishlatish summasi va qarzni olish sanasidan kelib chiqib aniqlashtiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-dekabrdagi 784-son qaroriga 3-ILOVA
“Toshkent issiqlik elektr markazida quvvati 32 MVt boʻlgan ikkita gaz turbina qurilmasini qurish” investitsiya loyihasi doirasida asbob-uskuna, materiallarni xarid qilish va qurilish-montaj ishlarini bajarishga jalb etiladigan Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) qarzi boʻyicha asosiy qarzni soʻndirish, foiz va yigʻim toʻlovlarini toʻlashning
PROGNOZ JADVALI
Jami qarz miqdori — 74 211,7 ming AQSh dollari Qarzni qaytarish muddati — 40 yil (imtiyozli davr — 10 yil) Qarz boʻyicha foiz stavkasi — 6 oylik LIBOR (minus 1,33 foiz) Qarzni tashkil etish yigʻimi (bir martalik toʻlov) — 0,2 foiz (ming AQSh dollari) Toʻlov muddatlari Qarzni olish miqdori Qarz qoldigʻi Toʻlov miqdorlari Qarzni tashkil etish yigʻimi Jami toʻlovlar miqdori* asosiy qarz boʻyicha toʻlovlar Foizlar** boʻyicha toʻlovlar 20.12.2016 - - - - 14 842,34 14 842,34 20.12.2020 9 919,80 74 211,70 - - - - 20.06.2021 34 810,80 74 211,70 - - - - 20.12.2021 22,70 74 211,70 - - - - 20.06.2022 29 420,60 74 211,70 - - - - 20.12.2022 37,80 74 211,70 - - - - 20.06.2023 - 74 211,70 - 37,60 - 37,60 20.12.2023 - 74 211,70 - 37,80 - 37,80 20.06.2024 - 74 211,70 - 37,80 - 37,80 20.12.2024 - 74 211,70 - 37,80 - 37,80 20.06.2025 - 74 211,70 - 37,60 - 37,60 20.12.2025 - 72 993,30 1 218,4 37,80 - 1 256,20 20.06.2026 - 71 774,90 1 218,4 37,00 - 1 255,40 20.12.2026 - 70 556,50 1 218,4 36,50 - 1 254,90 20.06.2027 - 69 338,10 1 218,4 35,70 - 1 254,10 20.12.2027 - 68 119,70 1 218,4 34,30 - 1 253,70 20.06.2028 - 66 901,30 1 218,4 34,70 - 1 253,10 20.12.2028 - 65 682,90 1 218,4 34,10 - 1 252,50 20.06.2029 - 64 464,50 1 218,4 33,30 - 1 251,70 20.12.2029 - 63 246,10 1 218,4 32,80 - 1 251,20 20.06.2030 - 62 027,70 1 218,4 32,00 - 1 250,40 20.12.2030 - 60 809,30 1 218,4 31,60 - 1 250,00 20.06.2031 - 59 590,90 1 218,4 30,80 - 1 249,20 20.12.2031 - 58 372,50 1 218,4 30,30 - 1 248,70 20.06.2032 - 57 154,10 1 218,4 29,70 - 1 248,10 20.12.2032 - 55 935,70 1 218,4 29,10 - 1 247,50 20.06.2033 - 54 717,30 1 218,4 28,30 - 1 246,70 20.12.2033 - 53 498,90 1 218,4 27,90 - 1 246,30 20.06.2034 - 52 280,50 1 218,4 27,10 - 1 245,50 20.12.2034 - 51 062,10 1 218,4 26,60 - 1 245,00 20.06.2035 - 49 843,70 1 218,4 25,90 - 1 244,30 20.12.2035 - 48 625,30 1 218,4 25,40 - 1 243,80 20.06.2036 - 47 406,90 1 218,4 24,80 - 1 243,20 20.12.2036 - 46 188,50 1 218,4 24,20 - 1 242,60 20.06.2037 - 44 970,10 1 218,4 23,40 - 1 241,80 20.12.2037 - 43 751,70 1 218,4 22,90 - 1 241,30 20.06.2038 - 42 533,30 1 218,4 22,20 - 1 240,60 20.12.2038 - 41 314,90 1 218,4 21,70 - 1 240,10 20.06.2039 - 40 096,50 1 218,4 20,90 - 1 239,30 20.12.2039 - 38 878,10 1 218,4 20,40 - 1 238,80 20.06.2040 - 37 659,70 1 218,4 19,80 - 1 238,20 20.12.2040 - 36 441,30 1 218,4 19,20 - 1 237,60 20.06.2041 - 35 222,90 1 218,4 18,50 - 1 236,90 20.12.2041 - 34 004,50 1 218,4 18,00 - 1 236,40 20.06.2042 - 32 786,10 1 218,4 17,20 - 1 235,60 20.12.2042 - 31 567,70 1 218,4 16,70 - 1 235,10 20.06.2043 - 30 349,30 1 218,4 16,00 - 1 234,40 20.12.2043 - 29 130,90 1 218,4 15,50 - 1 233,90 20.06.2044 - 27 912,50 1 218,4 14,90 - 1 233,30 20.12.2044 - 26 694,10 1 218,4 14,20 - 1 232,60 20.06.2045 - 25 475,70 1 218,4 13,50 - 1 231,90 20.12.2045 - 24 257,30 1 218,4 13,00 - 1 231,40 20.06.2046 - 23 038,90 1 218,4 12,30 - 1 230,70 20.12.2046 - 21 820,50 1 218,4 11,80 - 1 230,20 20.06.2047 - 20 602,10 1 218,4 11,10 - 1 229,50 20.12.2047 - 19 383,70 1 218,4 10,50 - 1 228,90 20.06.2048 - 18 165,30 1 218,4 9,90 - 1 228,30 20.12.2048 - 16 946,90 1 218,4 9,30 - 1 227,70 20.06.2049 - 15 728,50 1 218,4 8,60 - 1 227,00 20.12.2049 - 14 510,10 1 218,4 8,10 - 1 226,50 20.06.2050 - 13 291,70 1 218,4 7,40 1 225,80 20.12.2050 - 12 073,30 1 218,4 6,80 1 225,20 20.06.2051 - 10 854,90 1 218,4 6,20 1 224,60 20.12.2051 - 9 636,50 1 218,4 5,60 1 224,00 20.06.2052 - 8 418,10 1 218,4 5,00 1 223,40 20.12.2052 - 7 199,70 1 218,4 4,30 1 222,70 20.06.2053 - 5 981,30 1 218,4 3,70 1 222,10 20.12.2053 - 4 762,90 1 218,4 3,10 1 221,50 20.06.2054 - 3 544,5 1 218,4 2,50 1 220,90 20.12.2054 - 2 326,10 1 218,4 1,90 1 220,30 20.06.2055 - 1 107,70 1 218,4 1,20 1 219,60 20.12.2055 - - 1 107,7 0,60 1 108,30 Jami: 74 211,7 - 74 211,7 1 357,4 14 842,34 90 411,4
Izoh:
* Toʻlovlar summasi qarzni haqiqatda ishlatish summasi va qarzni olish sanasidan kelib chiqib aniqlashtiriladi.
** Qarzdorlikni qaytarishning hisob-kitob prognozida foiz stavkasi 0,1% deb olingan, chunki LIBOR stavkasiga qarzdorlikni qaytarish sanasida aniqlik kiritiladi.
