“Oʻsimliklar karantini va himoyasi boʻyicha xalqaro konvensiyaga (Rim, 1951-yil 6-dekabr) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi toʻgʻrisida”gi QL-611-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (2960-III-son)
09.12.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019-yil 7-dekabrda kiritilgan “Oʻsimliklar karantini va himoyasi boʻyicha xalqaro konvensiyaga (Rim, 1951-yil 6-dekabr) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi toʻgʻrisida”gi QL-611-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2019-yil 9-dekabr,
2960-III-son
