Oʻzbekiston Respublikasining BMT Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti, BMT Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi hamda BMT Butunjahon oziq-ovqat dasturi bilan hamkorligini kengaytirish va chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-4922-son)
15.12.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (keyingi oʻrinlarda — FAO), BMT Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — QXRXJ) hamda BMT Butunjahon oziq-ovqat dasturi (keyingi oʻrinlarda — BOOD) bilan hamkorlikda agrosanoat majmuini rivojlantirish va modernizatsiya qilish, tarkibiy oʻzgartirishlarni samarali amalga oshirish, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan saʼy-harakatlarni kuchaytirish, shuningdek, Rim shahrida (Italiya) joylashgan ushbu tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan resurs salohiyatini va natijadorlikni yanada oshirish maqsadida:
1. 2020-yil 2 — 4-noyabr kunlari boʻlib oʻtgan FAOning Yevropa uchun 32-Mintaqaviy konferensiyasida (keyingi oʻrinlarda — Mintaqaviy konferensiya) Oʻzbekiston Respublikasi ikki yil muddatga ushbu Mintaqaviy konferensiyaning raisi etib saylangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar FAO, QXRXJ va BOOD bilan hamkorlikni har tomonlama kengaytirishning ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:
Mintaqaviy konferensiyada mamlakat manfaatlarini ilgari surish, raislik doirasida qabul qilingan barcha qarorlarning samarali amalga oshirilishini taʼminlash, mazkur xalqaro tuzilmalar bilan Oʻzbekiston oʻrtasidagi amaliy hamkorlik rejalarini roʻyobga chiqarish;
Oʻzbekiston Respublikasining qishloq xoʻjaligi sohasini rivojlantirish va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash maqsadida jahonning eng ilgʻor tajriba va koʻnikmalari, bilim va innovatsiyalarini joriy etish uchun Mintaqaviy konferensiyaning ishtirokchi-mamlakatlari bilan yaqindan hamkorlik qilish;
Oʻzbekiston Respublikasining qishloq xoʻjaligi sohasi barqaror oʻsishini va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash borasidagi yutuqlarini xalqaro hamjamiyatga yetkazish;
FAO, QXRXJ va BOOD doirasida mamlakatning agrar va oziq-ovqat siyosatini samarali amalga oshirish boʻyicha tub manfaatlari va pozitsiyasini ilgari surish, shuningdek, ularning salohiyatidan ixtisoslashgan global jamgʻarmalar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni chuqurlashtirishda keng foydalanish;
Oʻzbekiston aholisining ovqatlanish sifatini yaxshilash va turmush darajasini yuksaltirish, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish samaradorligini taʼminlash, shuningdek, sohada ilgʻor texnologiyalarni joriy etish maqsadida FAO, QXRXJ va BOODning grant, moliyaviy-texnik va ekspert koʻmagini jalb etish orqali milliy strategiyalar, dasturlar va loyihalar ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
FAO, QXRXJ va BOOD bilan doimiy aloqalar olib borish, yuqori darajadagi va ekspert hamjamiyatlarining oʻzaro tashriflar almashuvini amalga oshirish, tomonlar oʻtkazadigan xalqaro tadbirlarda ishtirok etish hamda ular bilan konstruktiv muloqotni mustahkamlash.
3. Oʻzbekiston Respublikasining Italiya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi oʻrindoshlik asosida Oʻzbekistonning FAO, QXRXJ va BOOD huzuridagi Doimiy vakili etib tayinlansin hamda unga Oʻzbekistonning FAO, QXRXJ va BOOD bilan oʻzaro hamkorligiga doir barcha masalalarni muvofiqlashtirish vazifasi yuklatilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasining Italiya Respublikasidagi Elchixonasi (keyingi oʻrinlarda — Elchixona) shtat jadvaliga, mehnatga haq toʻlash fondi tegishlicha oʻzgartirilgan holda, maslahatchi — Oʻzbekistonning FAO, QXRXJ va BOOD huzuridagi Doimiy vakili oʻrinbosari lavozimi kiritilsin hamda unga FAO, QXRXJ va BOOD bilan tizimli amaliy hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha majburiyatlar yuklatilsin.
5. Elchixonaning maslahatchi lavozimi Elchixonaning savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha maslahatchisi lavozimiga oʻzgartirilsin.
6. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasining BMT Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti, BMT Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi hamda BMT Butunjahon oziq-ovqat dasturi bilan hamkorligini kengaytirish hamda FAOning Yevropa uchun 32-Mintaqaviy konferensiyasida Oʻzbekiston Respublikasining muvaffaqiyatli raislik qilishini taʼminlash boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Tashqi ishlar vazirligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda har yarim yilda bir marta “Yoʻl xaritasi”ning ijrosi holati tahlilini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritib borsin.
7. Moliya vazirligi qoʻshimcha bitta yengil avtomobilni saqlash uchun Elchixonaga limit ajratsin.
8. Tashqi ishlar vazirligi:
Elchixona shtat jadvalidagi oʻzgartirishlarni inobatga olgan holda, Elchixonani saqlab turish boʻyicha 2020-yilga moʻljallangan xarajatlar smetasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin;
qoʻshimcha shtat birligini kiritish va yengil avtomobil xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirishni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarini saqlab turish uchun ajratiladigan mablagʻlar hisobidan va ularning doirasida amalga oshirsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 2-apreldagi “Italiya Respublikasida Oʻzbekiston Respublikasining Elchixonasini ochish toʻgʻrisida”gi 143-son qarorining 1-ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 15-dekabr,
PQ-4922-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-dekabrdagi PQ-4922-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining BMT Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti, BMT Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi hamda BMT Butunjahon oziq-ovqat dasturi bilan hamkorligini kengaytirish hamda FAOning Yevropa uchun 32-Mintaqaviy konferensiyasida Oʻzbekiston Respublikasining muvaffaqiyatli raislik qilishini taʼminlash boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
T/r Tadbirlar Amalga oshirish mexanizmlari Ijro muddatlari Masʼul ijrochilar 1. FAOning Yevropa boʻyicha 32-Mintaqaviy konferensiyasi (YEMK) doirasida samarali raislik qilish va mamlakat manfaatlarini ilgari surish barcha masalalarini muvofiqlashtirish. 1. Budapesht shahridagi YEMK Kotibiyati bilan Oʻzbekiston Respublikasi raisligi doirasidagi ishlarni muhokama qilish. 2021-yil yanvar Oʻzbekiston Respublikasining Italiyadagi Elchixonasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi 2. YEMK Raisiga konferensiyaning 32-sessiyasi davomida qabul qilingan qarorlarning bajarilishida koʻmaklashish. doimiy 3. Eng yaxshi tajribalar, bilimlar va innovatsiyalarni qishloq xoʻjaligi sohasini rivojlantirish yoʻlida transfer qilishda YEMK ishtirokchi-mamlakatlari bilan yaqindan hamkorlik oʻrnatish. doimiy 2. FAOning Yevropa boʻyicha Mintaqaviy konferensiyasining (YEMK) sessiyalar oraligʻidagi yigʻilishlarida Oʻzbekiston Respublikasi raisligi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining ishtirokini taʼminlash. 1. YEMK Kotibiyati bilan tadbirlar jadvali va muhokamalar kun tartibini ishlab chiqish. 2021-yil yanvar Oʻzbekiston Respublikasining Italiyadagi Elchixonasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi 2. YEMK Raisiga tegishli materiallar va hujjatlarni tayyorlash. jadvalga muvofiq 3. Tadbirlarda ishtirok etish. jadvalga muvofiq 3. Donor-mamlakatlarning FAO, QXRXJ, BOOD doimiy vakillari bilan manzilli ishlashni taʼminlash. 1. Hamkorlik va ish yuzasidan aloqalar oʻrnatish. 2021-yil I yarim yillik Oʻzbekiston Respublikasining Italiyadagi Elchixonasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, aloqador vazirlik va idoralar 2. Qoʻshma loyihalarni muhokama qilish va ishlab chiqish. doimiy 3. Ishlab chiqiladigan loyihalarni Oʻzbekistonning aloqador vazirlik va idoralariga koʻrib chiqish uchun kiritish. doimiy 4. Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sohasidagi xalqaro va mintaqaviy tashabbuslarda Oʻzbekiston Respublikasi ishtirokini faollashtirish. 1. FAO, QXRXJ, BOOD tomonidan amalga oshirilayotgan mintaqaviy va global konvensiyalar, bitimlar hamda tashabbuslarni oʻrganish va baholash. 2021-yil I yarim yillik Oʻzbekiston Respublikasining Italiyadagi Elchixonasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, aloqador vazirlik va idoralar 2. Oʻzbekiston Respublikasining ishtiroki boʻyicha belgilangan tartibda takliflar kiritish. doimiy 3. Qabul qilingan qarorlarning samarali amalga oshirilishini muvofiqlashtirish. doimiy 5. Oʻzbekiston Respublikasining qishloq xoʻjaligini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash uchun FAO huzuridagi Butunjahon oziq-ovqat xavfsizligi qoʻmitasi (BOXQ) bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish. 1. Hamkorlik va ish yuzasidan aloqalar oʻrnatish. 2021-yil mart Oʻzbekiston Respublikasining Italiyadagi Elchixonasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, aloqador vazirlik va idoralar 2. Hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlarini muhokama qilish va ishlab chiqish. 2021-yil I yarim yillik 3. Ishlab chiqilayotgan loyihalar va tashabbuslarni Oʻzbekistonning aloqador vazirlik va idoralariga koʻrib chiqish uchun kiritish. muntazam 6. Butunjahon oziq-ovqat dasturi (BOOD) bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish. 1. Hamkorlik va ish yuzasidan aloqalar oʻrnatish. 2021-yil I chorak Oʻzbekiston Respublikasining Italiyadagi Elchixonasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, aloqador vazirlik va idoralar 2. Mamlakat hadli dasturini ishlab chiqish va kelishish. 2021-yil dekabr 3. Hujjatni imzolash. 2022-yil I yarim yillik 7. FAO va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida 2021 — 2025-yillarga moʻljallangan Mamlakat hadli dasturini qabul qilish. 1. Hujjatlarni ishlab chiqish va FAO bilan kelishish. 2020-yil dekabr Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi, aloqador vazirlik va idoralar 2. 2021 — 2025-yillarga moʻljallangan Mamlakat hadli dasturini imzolash. 2021-yil yanvar 3. Dasturning oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash. doimiy 8. FAOning “Qoʻlga koʻl” tashabbusida Oʻzbekistonning ishtirok etishi. 1. FAO bilan tashabbusni amalga oshirish boʻyicha qoʻshma hadli bitimni imzolash. 2020-yil 20-dekabr Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, aloqador vazirlik va idoralar 2. Tashabbusni amalga oshirish va Geomakon maʼlumotlar platformasini toʻldirish boʻyicha idoralararo ekspert Ishchi guruhini tuzish. 2021-yil 30-yanvar 3. “Qoʻlga qoʻl” tashabbusi doirasidagi ishlarning ustuvor yoʻnalishlarni belgilash uchun FAO bilan birgalikda koʻrsatkichlar tizimini ishlab chiqish. 2021-yil 15-iyun 4. Natijalarning bazaviy jihatdan baholari bilan birga ilk maʼruzani eʼlon qilish. 2023-yil 9. FAO, QXRXJ, BOOD bilan birgalikdagi qoʻshma loyihalarni amalga oshirib borishning monitoringini taʼminlash. 1. Amalga oshirilayotgan loyihalar ijrosini tahlil qilish. 2021-yil I yarim yillik Oʻzbekiston Respublikasining Italiyadagi Elchixonasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, aloqador vazirlik va idoralar 2. Erishilgan natijalarni aloqador vazirlik va idoralar bilan birga muhokama qilish. 2021-yil iyul 3. Joriy va ishlab chiqilayotgan loyihalar samaradorligini oshirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish. 2021-yil sentabr 10. Maxsus global jamgʻarmalarning (“Yashil iqlim jamgʻarmasi”, “Global ekologiya jamgʻarmasi”, “Adaptatsiya jamgʻarmasi”, “Xalqaro iqlim tashabbusi”) moliyaviy va texnik koʻmagini jalb qilish uchun FAO, QXRXJ, VOOD bilan hamkorlik qilish. 1. Aniq loyiha takliflarini ishlab chiqish. 2021-yil sentabr Oʻzbekiston Respublikasining Italiyadagi Elchixonasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, aloqador vazirlik va idoralar 2. Loyiha hujjatlarini koʻrib chiqish uchun Jamgʻarmalarga kiritish. 2021-yil dekabr 3. Ishlab chiqiladigan loyihalarni belgilangan tartibda tasdiqlash. 2022-yil davomida 11. FAOning “Janub-Janub” (Xitoy, Isroil, Turkiya) qoʻshma loyihalarida Oʻzbekistonning ishtiroki masalasini koʻrib chiqish. 1. Aniq loyiha takliflarini ishlab chiqish. 2021-yil dekabr Oʻzbekiston Respublikasining Italiyadagi Elchixonasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, aloqador vazirlik va idoralar 2. Loyiha hujjatlarini koʻrib chiqish uchun FAOga kiritish. 2022-yil mart 3. Ishlab chiqiladigan loyihalarni belgilangan tartibda tasdiqlash. kelishuvga koʻra 12. FAO huzuridagi “Tuproq boʻyicha global hamkorlik”da Oʻzbekiston ishtirokini faollashtirish. 1. Hamkorlik va ish yuzasidan aloqalar oʻrnatish. 2021-yil fevral Oʻzbekiston Respublikasining Italiyadagi Elchixonasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, aloqador vazirlik va idoralar 2. Qoʻshma loyihalarni muhokama qilish va ishlab chiqish. 2021-yil oktabr 3. Ishlab chiqiladigan loyihalarni Oʻzbekistonning manfaatdor vazirlik va idoralariga koʻrib chiqish uchun kiritish. 2021-yil dekabr 13. FAO-Koreya Respublikasining oʻrmon landshaftlarini tiklash boʻyicha hamkorlik dasturi doirasida moliyaviy-texnik koʻmagini jalb qilish. 1. Loyiha takliflarini ishlab chiqish. 2021-yil sentabr Oʻzbekiston Respublikasining Italiyadagi Elchixonasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, aloqador vazirlik va idoralar 2. Loyiha hujjatlarini koʻrib chiqish uchun FAOga kiritish. 2021-yil dekabr 3. Ishlab chiqiladigan loyihalarni belgilangan tartibda tasdiqlash. kelishuvga koʻra 14. Qishloq xoʻjaligi sohasidagi yirik xalqaro tadbirlarni Oʻzbekistonda oʻtkazish masalalarini FAO, QXRXJ, BOOD bilan ishlab chiqish. 1. Tadbirlar jadvalini muhokama qilish. muntazam Oʻzbekiston Respublikasining Italiyadagi Elchixonasi, Tashqi ishlar vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, aloqador vazirlik va idoralar 2. Tadbirlarni Oʻzbekistonda oʻtkazishni belgilangan tartibda kelishish. muntazam 3. Ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda Oʻzbekistonning tadbirlarni oʻtkazishga tayyorligi toʻgʻrisida FAO, QXRXJ, BOODni rasman xabardor qilish. muntazam 15. 2021-yilda Butunjahon oziq-ovqat sammiti ishida Oʻzbekistonning faol ishtirokini taʼminlash. 1. 2021-yilda Butunjahon oziq-ovqat sammiti boʻyicha BMT Bosh kotibining maxsus elchisi bilan ish yuzasidan aloqalar oʻrnatish. 2021-yil fevral Oʻzbekiston Respublikasining Italiyadagi Elchixonasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, aloqador vazirlik va idoralar 2. FAO, QXRXJ, BOOD ekspertlari bilan birgalikda tavsiyalar va yakuniy hujjatlarni ishlab chiqish boʻyicha muhokamalarda ishtirok etish. 2021-yil I yarim yillikda 3. Sammitni tayyorlash tadbirlarida ishtirok etish. jadvalga muvofiq 16. QXRXJning mamlakat ofisini Oʻzbekistonda taʼsis etish masalasini ishlab chiqish. 1. QXRXJ rahbariyati bilan masalani muhokama qilish. 2021-yil mart Oʻzbekiston Respublikasining Italiyadagi Elchixonasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi 2. Vakolatxona ochilishi toʻgʻrisidagi Bitimni ishlab chiqish va kelishish. 2021-yil oxirigacha 3. Vakolatxonani ochish. kelishuvga koʻra
