Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Veterinariya va chorvachilik sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonini tasdiqlash haqida (2457-III-son)
16.04.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 78-moddasi birinchi qismining 13-bandiga va “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni 8-moddasi birinchi qismining 13-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-martdagi “Veterinariya va chorvachilik sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5696-sonli Farmoni tasdiqlansin.
2. Ushbu Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga yuborilsin.
3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari N. UMAROV
Toshkent sh.,
2019-yil 16-aprel,
2457-III-son
