“Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasini olib kirish va olib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlar va qoʻshimchani oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (1326-3-son)
04.12.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 4-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1326-3]
Oʻzbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2020-yil 20-noyabr,
22/2-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M. AZIMOV
Toshkent sh.,
2020-yil 19-noyabr,
01-02/15-47-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi 2020-yil 20-noyabrdagi 22/2-son va Davlat bojxona qoʻmitasining 2020-yil 19-noyabrdagi 01-02/15-47-son qaroriga ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2004-yil 1-martdagi 249-V va 01-02/19-16-son “Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasini olib kirish va olib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1326, 2004-yil 16-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 11-son, 134-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2015-yil 22-avgustdagi 249-V-1 va 01-02/19-39-son “Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasini olib kirish va olib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 14-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1326-1, 2015-yil 4-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 35-son, 471-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2018-yil 27-yanvardagi 3/4 va 01-02/19-11-son “Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasini olib kirish va olib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1326-2, 2018-yil 12-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018-y., 11-son, 200-modda).
