“Xalqaro mehnat tashkilotining qishloq xoʻjaligida mehnat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi 129-sonli Konvensiyasini (Jeneva, 1969-yil 25-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-519-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (2567-III-son)
03.07.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019-yil 22-iyunda kiritilgan “Xalqaro mehnat tashkilotining qishloq xoʻjaligida mehnat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi 129-sonli Konvensiyasini (Jeneva, 1969-yil 25-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-519-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Zamestitel Spikera Zakonodatelnoy palati Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan N. UMAROV
Toshkent sh.,
2019-yil 3-iyul,
2567-III-son
