Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi toʻgʻrisida (2442-III-son)
16.04.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. “Turizm toʻgʻrisida”gi QL-422-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (uchinchi oʻqish).
2. “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari toʻgʻrisida”gi QL-384-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi oʻqish).
3. “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi QL-449-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi oʻqish).
4. “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-450-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi oʻqish).
5. “Xalqaro tijorat arbitraji toʻgʻrisida”gi QL-476-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
6. “Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat va Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodekslariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-478-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
7. “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimcha kiritish haqida”gi QL-482-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (birinchi oʻqish).
8. “Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 70-moddasiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi QL-483-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (birinchi oʻqish).
9. “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi QL-484-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
10. Toshkent viloyatining Zangiota tumani va Toshkent shahrining Sergeli tumani chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisida.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Veterinariya va chorvachilik sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonini tasdiqlash haqida.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi tarkibiga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida.
Oʻzbekiston Respublikasi OliyMajlisi Qonunchilik palatasi Spikeriningoʻrinbosari N. UMAROV
Toshkent sh.,
2019-yil 16-aprel,
2442-III-son
