“Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish toʻgʻrisida”gi QL-384-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (“Qayta tiklanuvchi energiya manbalari toʻgʻrisida”) (2444-III-son)
16.04.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari toʻgʻrisida”gi QL-384-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish toʻgʻrisida” degan yangi nom bilan ikkinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari N. UMAROV
Toshkent sh.,
2019-yil 16-aprel,
2444-III.-son
