“Oʻzbekiston Respublikasi referendumi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish haqida”gi QL-541-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonun loyihasi toʻgʻrisida (2685-III-son)
17.08.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasi referendumi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish haqida”gi QL-541-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2019-yil 17-avgust,
2685-III-son
