Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi toʻgʻrisida (2400-III-son)
05.03.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. Aholini suyultirilgan gaz bilan taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish boʻyicha koʻrilayotgan choralar toʻgʻrisida Hukumat soati.
2. “Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-468-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (birinchi oʻqish).
3. “Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 111-moddasiga oʻzgartish va qoʻshimcha kiritish haqida”gi QL-470-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (birinchi oʻqish).
4. “Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish toʻgʻrisida”gi QL-471-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
5. “Turgʻun organik ifloslantiruvchi moddalar haqidagi Stokgolm konvensiyasini (2001-yil 22-may, Stokgolm) ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida”gi QL-474-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
6. “Mening fikrim” veb-portali orqali “Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlishning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi elektron jamoaviy murojaatni koʻrib chiqish natijalari haqida.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari X. KETMONOV
Toshkent sh.,
2019-yil 5-mart,
2400-III-son
