“Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksi qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-542-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (2675-III-son)
17.08.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari X. Gapparov, K. Jumaniyozov, A. Qurbonov, S. Samoylov, I. Xushvaqtov, Dj. Shirinov, I. Xodjiyev, Sh. Tuxtashev tomonidan 2019-yil 14-avgustda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksi qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-542-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2019-yil 17-avgust,
2675-III-son
