“Madaniy ifodalarning turli xil shakllarini muhofaza qilish va qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiyani (Parij, 2005-yil 20-oktabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-567-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonun loyihasi (2761-III-son)
30.09.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019-yil 26-sentabrda kiritilgan “Madaniy ifodalarning turli xil shakllarini muhofaza qilish va qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiyani (Parij, 2005-yil 20-oktabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-567-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2019-yil 30-sentabr
2761-III-son
