Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi direktorining “Inson huquqlari boʻyicha Osiyo forumi (Samarqand shahri, 2018-yil 22-23-noyabr) yakunlariga doir takliflar va tavsiyalarni amalga oshirish yuzasidan “Yoʻl xaritasi” toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2019-yil 2-fevraldagi 2308-III/KQ-501-III-sonli Qoʻshma qarorining ijro etilishi haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻroviga javobi toʻgʻrisida (113-IV-son)
18.02.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
Qarori
“Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Inson huquqlari boʻyicha Osiyo forumi (Samarqand shahri, 2018-yil 22-23-noyabr) yakunlariga doir takliflar va tavsiyalarni amalga oshirish yuzasidan “Yoʻl xaritasi” toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2019-yil 2-fevraldagi 2308-III/KQ-501-III-sonli Qoʻshma qarorining ijro etilishi haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻroviga Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi direktorining yozma javobi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Inson huquqlari boʻyicha Osiyo forumi (Samarqand shahri, 2018-yil 22-23-noyabr) yakunlariga doir takliflar va tavsiyalarni amalga oshirish yuzasidan “Yoʻl xaritasi” toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2019-yil 2-fevraldagi 2308-III/KQ-501-III-sonli Qoʻshma qarorining ijro etilishini taʼminlash choralarini koʻrsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2019-yil 2-fevraldagi 2308-III/KQ-501-III-sonli Qoʻshma qarorining ijro etilishi ustidan parlament nazoratini amalga oshirsin.
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2020-yil 18-fevral,
113-IV-son
