Andijon viloyatining Xonobod shahri va Qoʻrgʻontepa tumani chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisida (2760-III-son)
30.09.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasiga, “Oʻzbekiston Respublikasida maʼmuriy-hududiy tuzilish masalalarini hal etish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5 va 13-moddalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifi qabul qilinib, Andijon viloyatining Xonobod shahri va Qoʻrgʻontepa tumani chegaralari oʻzgartirilsin.
2. Andijon viloyati Qoʻrgʻontepa tumani hududining 1284,6 gektar maydoni Andijon viloyatining Xonobod shahri tarkibiga oʻtkazilsin.
3. Andijon viloyati Xonobod shahri va Qoʻrgʻontepa tumani chegaralarining tavsifi hamda grafik chizmasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan 1-2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ushbu Qarorni bajarish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlasin.
5. Mazkur Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
6. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2019-yil 30-sentabr,
2760-III-son
