Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi toʻgʻrisida (119-IV-son)
25.02.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) 2019-yildagi faoliyati toʻgʻrisida.
2. “Mahalla tizimi xodimlari kunini belgilash toʻgʻrisida”gi QL-628-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
3. “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-629-sonli Oʻzbekiston Respublikasining qonuni loyihasi toʻgʻrisida (birinchi oʻqish).
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida.
5. QL-528, QL-616, QL-621 va QL-629-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini birlashtirish toʻgʻrisida.
6. “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
7. “Bola huquqlarining qoʻshimcha kafolatlari belgilanishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-612-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi oʻqish).
8. “Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar toʻgʻrisida”gi QL-604-sonli Oʻzbekiston Respublikasining qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
9. “Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksini tasdiqlash haqida”gi QL-618-sonli Oʻzbekiston Respublikasining qonuni loyihasi toʻgʻrisida (birinchi oʻqish).
10. “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi QL-595-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini rad etish haqida.
11. “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-597-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini rad etish toʻgʻrisida.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2020-yil 25-fevral,
119-IV-son
