“Fuqarolarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi QL-459-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (2298-III-son)
17.01.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari N. Aytjanova, Z. Bekatova, M. Dadaxodjayeva va D. Fayziyeva tomonidan 2019-yil 16-yanvarda kiritilgan “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi QL-459-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini dastlabki tarzda koʻrib chiqish uchun Fuqarolarning sogʻligʻini saqlash masalalari qoʻmitasi masʼul etib belgilansin.
2. Qonun loyihalarini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishni tashkil etish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi guruh ushbu qonun loyihasini Fuqarolarning sogʻligʻini saqlash masalalari qoʻmitasiga, siyosiy partiyalar fraksiyalariga hamda Oʻzbekiston ekologik harakati deputatlar guruhiga topshirsin.
3. Yuridik boʻlim bir hafta muddatda mazkur qonun loyihasining huquqiy ekspertizasini tashkil etsin hamda Fuqarolarning sogʻligʻini saqlash masalalari qoʻmitasiga xulosa taqdim etsin.
4. Fuqarolarning sogʻligʻini saqlash masalalari qoʻmitasi siyosiy partiyalar fraksiyalari hamda Oʻzbekiston ekologik harakati deputatlar guruhining fikrlari va takliflarini hisobga olgan holda Qonunchilik palatasi Kengashiga mazkur qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun qabul qilish mumkinligi toʻgʻrisida xulosa taqdim etsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2019-yil 17-yanvarya,
2298-III-son
