“Xalqaro mehnat tashkilotining Xalqaro mehnat normalari qoʻllanilishiga koʻmaklashish uchun uch tomonlama maslahatlashuvlar toʻgʻrisidagi 144-son konvensiyasini (Jeneva, 1976-yil 21-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-460-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (2299-III-son)
17.01.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019-yil 16-yanvarda kiritilgan “Xalqaro mehnat tashkilotining Xalqaro mehnat normalari qoʻllanilishiga koʻmaklashish uchun uch tomonlama maslahatlashuvlar toʻgʻrisidagi 144-son konvensiyasini (Jeneva, 1976-yil 21-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-460-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini dastlabki tarzda koʻrib chiqish uchun Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi masʼul etib belgilansin.
2. Qonun loyihalarini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishni tashkil etish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi guruh ushbu qonun loyihasini Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasiga, siyosiy partiyalar fraksiyalariga hamda Oʻzbekiston ekologik harakati deputatlar guruhiga topshirsin.
3. Yuridik boʻlim bir hafta muddatda mazkur qonun loyihasining huquqiy ekspertizasini tashkil etsin hamda Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasiga xulosa taqdim etsin.
4. Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi siyosiy partiyalar fraksiyalari hamda Oʻzbekiston ekologik harakati deputatlar guruhining fikrlari va takliflarini hisobga olgan holda Qonunchilik palatasi Kengashiga mazkur qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun qabul qilish mumkinligi toʻgʻrisida xulosa taqdim etsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2019-yil 17-yanvar,
2299-III-son
