Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining Qarorini tasdiqlash toʻgʻrisida (2294-III-son)
07.01.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2018-yil 29-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosari B. Alixanovning “Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasi taʼsischi davlatlari rahbarlarining sammitida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan bildirilgan tashabbuslar va takliflarning mazmun-mohiyati hamda ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish boʻyicha amaliy tadbirlar dasturi toʻgʻrisida”gi axboroti haqida”gi 2279-III-sonli Qarori tasdiqlansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼitboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2019-yil 7-yanvar,
2294-III-son
