Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (2387-III-son)
22.02.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining:
2019-yil 18-fevralda qabul qilingan “QL-416, QL-417a, QL-431, QL-433, QL-441, QL-452, QL-463 va QL-464-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonun loyihalarini birlashtirish toʻgʻrisida”gi 2377-III-sonli;
2019-yil 18-fevralda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida”gi 2378-III-sonli qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari B. ALIXANOV
Toshkent sh.,
2019-yil 22-fevral,
2387-III-son
