“Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-661-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (349-IV-son)
11.06.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2020-yil 29-mayda kiritilgan “Uzbekistan Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-661-sonli Oʻzbekistan Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Oʻzbekistan Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini ikki oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi oʻqishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekistan Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spiker N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2020-yil 11-iyun,
349-IV-son
