Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I. Majidovning “Vazirlik tasarrufidagi oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotganlarni talabalar turar joylari bilan taʼminlashni yanada yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi masala yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻroviga javobi haqida (112-IV-son)
18.02.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
“Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Vazirlik tasarrufidagi oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotganlarni talabalar turar joylari bilan taʼminlashni yanada yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi parlament soʻroviga Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I. Majidov tomonidan yuborilgan yozma javob maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi yozma javob maʼlumotida qayd etilgan bandlarni oʻz vaqtida ijro etilishini taʼminlash yuzasidan parlament nazoratini amalga oshirsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2020-yil 18-fevral,
112-IV-son
