Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi toʻgʻrisida (2651-III-son)
14.08.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. “Kreditorlarning huquqiy jihatdan himoya qilinishi kuchaytirilishi hamda tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirish mexanizmlarining takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” QL-490-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (uchinchi oʻqish).
2. “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-488-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (ikkinchi oʻqish).
3. “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni liberallashtirishga qaratilgan oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-506-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi oʻqish).
4. “Metsenatlik toʻgʻrisida”gi QL-515-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi oʻqish).
5. “Maktabgacha yoshdagi bolalarga maktabgacha taʼlim berish va tarbiyalash toʻgʻrisida”gi QL-534-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
6. “Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi QL-535-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
7. “Erkaklar va ayollar uchun teng huquqlar hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida”gi QL-536-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
8. “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi QL-537-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2019-yil 14-avgust,
2651-III-son
