“Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi QL-467-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (2364-III-son)
15.02.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari A. Saidov, Dj. Shirinov, R. Xakimov, A. Xamrakulov, Sh. Polvanov, Sh. Mamadjanov, T. Norboyev, A. Qurbonov, I. Abdullayev, A. Umirzakov va A. Abdukodirov tomonidan 2019-yil 12-fevralda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi QL-467-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini bir oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi oʻqishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari S. OTAMURATOV
Toshkent sh.,
2019-yil 15-fevral,
2364-III-son
