“Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 17/1-moddasiga qoʻshimchakiritish haqida”gi QL-531-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (2635-III-son)
02.08.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari N. Umarov, M. Dadaxodjayeva, Q. Djurayev, Sh. Yakubov va A. Umirov tomonidan 2019-yil 18-iyulda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 171-moddasiga qoʻshimcha kiritish haqida”gi QL-531-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari A. KADIROV
Toshkent sh.,
2019-yil 2-avgust,
2635-III-son
