“Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni haqida (SQ-169-IV-son)
20.11.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 28-oktabr kuni qabul qilingan “Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni maʼqullansin.
2. Mazkur Qonunni amalga oshirishga doir tadbirlar rejasi tasdiqlansin va Qonun rasmiy eʼlon qilingandan keyin ijroga qaratilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi mazkur Qonunni amalga oshirishga doir tadbirlar rejasi oʻz vaqtida ijro etilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2020-yil 20-noyabr,
SQ-169-IV-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2020-yil 20-noyabrdagi SQ-169-IV-sonli Qarori bilan TASDIQLANGAN
“Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunini amalga oshirish boʻyicha
TADBIRLAR REJASI
T/r Tadbir nomi Amalga oshirish mexanizmi Ijro muddati Masʼul ijrochi Vazirlik va idoralardan Vazirlar Mahkamasidan I. Amaldagi qonun hujjatlarini qayta koʻrib chiqish va yangi normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish 1. Sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish boʻyicha qayta koʻrib chiqish. 1.1. Normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan oʻtkazish. 1.2. Zaruratga koʻra, tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish hamda kelishish uchun manfaatdor vazirlik va idoralarga kiritish. 1.3. Tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng ikki oy muddatda Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik taʼminlash boʻlimi 2. Vazirliklar va idoralar tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish. 2.1. Tegishli hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish. 2.2. Ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun Adliya vazirligiga taqdim etish. Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng ikki oy muddatda Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik taʼminlash boʻlimi II. Qonunni amalga oshirish boʻyicha tashkiliy tadbirlar oʻtkazish 3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Ekspert-kriminalistika bosh markazi shtat tuzilmasida odam DNKsi biologik ekspertizasini oʻtkazish va genom axborotini yagona maʼlumotlar bazasini yuritish vazifasini bajaruvchi tuzilmani tashkil etish. 3.1. Tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. 3.2. Tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish. 3.3. Tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish. Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng toʻrt oy muddatda Ichki ishlar vazirligi, Moliya vazirligi Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik taʼminlash boʻlimi 4. Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olish tartibi va undiriladigan haq miqdorlarini belgilash boʻyicha tegishli hujjat loyihasini tayyorlash. 4.1. Tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. 4.2. Tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish. 4.3. Tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng oʻn oy muddatda Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik taʼminlash boʻlimi 5. Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshirish davomida aniqlangan, shuningdek, ixtiyoriy va majburiy ravishda topshirilgan biologik materiallarni sud ekspertiza muassasalari tomonidan olish hamda genom axborotini Oʻzbekiston Respublikasi Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga qoʻyish uchun yuborish tartibini belgilab beruvchi idoralararo yoʻriqnomani ishlab chiqish. 5.1. Tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. 5.2. Tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish. 5.3. Tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng bir yil muddatda Ichki ishlar vazirligi Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik taʼminlash boʻlimi 6. Genom axboroti boʻyicha yagona maʼlumotlar bazasini shakllantirish tartibini belgilovchi idoraviy yoʻriqnoma ishlab chiqish. 6.1. Tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. 6.2. Tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish. 6.3. Tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng ikki yil muddatda Ichki ishlar vazirligi Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik taʼminlash boʻlimi 7. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Ekspert-kriminalistika bosh markazi shtat tuzilmasidagi “Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasini oʻtkazish va genom axborotini yagona maʼlumotlar bazasini yuritish” vazifasini bajaradigan ekspertlar lavozimlarini yuqori malakali mutaxassis kadrlar bilan toʻldirish. 7.1. Ichki ishlar vazirining tegishli buyrugʻi loyihasini ishlab chiqish. Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng bir yil muddatda Ichki ishlar vazirligi Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik taʼminlash boʻlimi 8. Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlar hamda sud xodimlari, shuningdek ekspertlar uchun odam DNKsi sud-biologik ekspertizasini obyektlarni qayd qilish, olish va qadoqlash hamda ekspertiza tadqiqotlariga taqdim qilish usullari toʻgʻrisida hududiy seminarlar oʻtkazish. 8.1. Tegishli chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. 8.2. Tegishli chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish. Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng bir yil muddatda Ichki ishlar vazirligi Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik taʼminlash boʻlimi 9. Odam DNKsi tadqiqotlari va genom boʻyicha roʻyxatga olish doirasida ekspertlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha maxsus oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. 9.1. Tegishli dastur loyihasini ishlab chiqish. 9.2. Tegishli dastur loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish. 9.3. Tegishli dastur loyihasini tasdiqlash. 9.4. Tegishli dastur loyihasini amalga oshirish. Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng ikki yil muddatda Ichki ishlar vazirligi Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik taʼminlash boʻlimi 10. Odam DNKsi tadqiqotlariva genom boʻyicha roʻyxatga olish boʻyicha xorijiy davlatlar sud-ekspertiza muassasalarining ilgʻor ish tajribalarini oʻrganish hamda xalqaro ilmiy-amaliy forumlarda davriy ravishda ishtirok etib borish. 10.1. Tegishli chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish. Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng uch oy muddatda Ichki ishlar vazirligi Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik taʼminlash boʻlimi 11. Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasini oʻtkazish laboratoriyasini ISO/IEC 17025 “Tadqiqot va kalibrovka laboratoriyalarining vakolatliligiga qoʻyiladigan umumiy talablar” xalqaro standarti boʻyicha akkreditatsiya qilish. 11.1. Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasini oʻtkazish laboratoriyasini ISO/IEC 17025 xalqaro standarti boʻyicha jihozlash; 11.2. Tadqiqot jarayonlari va usullari, boshqaruv hujjatlarini sifat standarti talablari asosida ishlab chiqish. 11.3. UNODC xalqaro tashkilotiga taklif kiritish. Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng uch yil muddatda Ichki ishlar vazirligi Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik taʼminlash boʻlimi 12. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Ekspert-kriminalistika bosh markazida odam DNKsining sud-biologik ekspertizasi va genom oid axborotining yagona maʼlumotlar bazasini yuritishga ixtisoslashgan laboratoriyaga moslashtirish orqali mavjud binoni rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash ishlarini amalga oshirish. 12.1. Obyektni rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash ishlari boʻyicha texnik topshiriq ishlab chiqish. 12.2. Obyektni rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash ishlari amalga oshirish. Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng bir yil muddatda Ichki ishlar vazirligi, Moliya vazirligi Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik taʼminlash boʻlimi 13. Genom axborotining yagona maʼlumotlar bazasini yuritish va saqlashga moʻljallangan axborot-qidiruv dasturiy taʼminoti va server qurilmalari bilan taʼminlash. 13.1. Genom axborotining yagona maʼlumotlar bazasini yuritish va saqlashga moʻljallangan axborot-qidiruv dasturiy taʼminoti va server qurilmalari roʻyxatini shakllantirish. 13.2. Texnik topshiriqlar va loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash. 13.3. Texnik topshiriqlar va loyiha-smeta hujjatlari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasiga buyurtma berish. 13.4. Belgilangan tartibda axborot-qidiruv dasturiy taʼminoti va server qurilmalari qabul qilib olish, oʻrnatish va ishga tushirish. Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng uch yil muddatda Ichki ishlar vazirligi Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik taʼminlash boʻlimi 14. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining odam DNKsi biologik tadqiqoti va genom axboroti boʻyicha yagona maʼlumotlar bazasini yuritishga ixtisoslashgan laboratoriyasini zamonaviy tadqiqot uskuna va qurilmalari bilan jihozlash choralarini koʻrish. 14.1. DNK laboratoriyasining zamonaviy asbob-uskunalari, maxsus mebellar, tashkiliy texnika va kimyoviy reagentlar hamda sarf materiallari roʻyxatini shakllantirish. 14.2. Oʻrganish natijasiga asosan hamda tegishli mutaxassislarni jalb qilgan holda texnik topshiriqlar va loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash. 14.3. Texnik topshiriqlar va loyiha-smeta hujjatlari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasiga buyurtma berish. 14.4. Belgilangan tartibda texnika va jihozlarni qabul qilib olish va oʻrnatish ishlarini amalga oshirish. Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng uch yil muddatda Ichki ishlar vazirligi Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik taʼminlash boʻlimi 15. Laboratoriya va Genom axboroti boʻyicha yagona maʼlumotlar bazasini himoya qilish hamda ruxsatsiz ulanishlardan, shuningdek, axborotlar chiqib ketishining oldini olish boʻyicha choralar koʻrish. 15.1. Tegishli mutaxassislar bilan hamkorlikda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan barcha tahdidlar roʻyxatini shakllantirish. 15.2. Shakllangan roʻyxat asosida har bir tahdid turiga aniq ichki yoʻriqnoma ishlab chiqish va masʼul xodimlarni belgilash hamda yuzaga keladigan tahdidni zudlik bilan bartaraf etish boʻyicha aniq chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. 15.3. Binoni qoʻriqlash va himoya qilish tizimini shakllantirish hamda qoʻriqlashga moʻljallangan zamonaviy texnik jihozlar va kommunikatsiya bilan taʼminlash choralarini koʻrish. Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng uch yil muddatda Ichki ishlar vazirligi Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik taʼminlash boʻlimi III. Qonunni ijrochilarga yetkazish va tushuntirish boʻyicha tadbirlar oʻtkazish 16. Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyati yuzasidan aholi oʻrtasida keng tushuntirish ishlarini olib borish. 16.1. Reja-grafik ishlab chiqish va tasdiqlash. 16.2. Reja-grafikni amalga oshirish. Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng bir oy muddatda Reja-grafik asosida Ichki ishlar vazirligi, OʻzA, MTRK Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik taʼminlash boʻlimi 17. OAV hamda davlat organlarining rasmiy veb-saytlarida Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyatini yoritishga qaratilgan turkum maqola, koʻrsatuv, eshittirishlar berib borish. 17.1. Reja-grafik ishlab chiqish va tasdiqlash. 17.2. Reja-grafikni amalga oshirish. Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng bir oy muddatda Reja-grafik asosida Ichki ishlar vazirligi, OʻzA, MTRK Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik taʼminlash boʻlimi
