Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripovning “Shoshilinch tibbiy yordam va reanimatsiya boʻlimlari uchun belgilangan koykalar sonini qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻroviga javobi haqida (91-IV-son)
12.02.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
“Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Shoshilinch tibbiy yordam va reanimatsiya boʻlimlari uchun belgilangan koykalar sonini qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻroviga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov tomonidan yuborilgan yozma javob maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fuqarolarning sogʻligʻini saqlash masalalari qoʻmitasi yozma javob maʼlumotida qayd etilgan bandlarni ijro etilishini taʼminlash yuzasidan parlament nazoratini amalga oshirsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2020-yil 12-fevral,
91-IV-son
