QL-570, QL-573, QL-581, QL-583, QL-586, QL-589 va QL-590-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini birlashtirish toʻgʻrisida (2939-III-son)
09.12.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Ikkinchi oʻqishda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga sudlar faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-570-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-573-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 37-moddasiga oʻzgartish kiritish haqida”gi QL-581-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, “Tezkor-qidiruv faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga oʻzgartish va qoʻshimcha kiritish haqida”gi QL-583-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, “Davlat aktivlarini boshqarish boʻyicha davlat organi tashkil etilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-586-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, “Prokuratura toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 49-moddasiga oʻzgartish kiritish haqida”gi QL-589-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi hamda “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-590-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “Baʼzi davlat organlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” degan yangi nom bilan bitta qonun loyihasiga birlashtirilsin.
2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2019-yil 9-dekabr,
2939-III-son
