Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi toʻgʻrisida (115-IV-son)
24.02.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri lavozimiga nomzod toʻgʻrisida
2. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri lavozimiga nomzod toʻgʻrisida.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2020-yil 24-fevral,
115-IV-son
