Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi toʻgʻrisida (2935-III-son)
09.12.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. Surxondaryo viloyati Termiz tumanining chegarasini oʻzgartirish, Termiz shahrining chegarasini kengaytirish va tasdiqlash toʻgʻrisida.
2. “Oʻsimliklar karantini va himoyasi boʻyicha xalqaro konvensiyaga (Rim, 1951-yil 6-dekabr) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi toʻgʻrisida”gi QL-611-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi oʻqish).
3. “Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-610-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (birinchi oʻqish).
4. QL-570, QL-573, QL-581, QL-583, QL-586, QL-589 va QL-590-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini birlashtirish toʻgʻrisida.
5. “Baʼzi davlat organlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
6. QL-510, QL-563, QL-572, QL-578, QL-582, QL-584, QL-585, QL-593 va QL-610-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini birlashtirish toʻgʻrisida.
7. “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
8. “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisida”gi QL-569-sonli Oʻzbekiston Respublikasining qonuni loyihasi haqida (ikkinchi oʻqish).
9. “Maxsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida”gi QL-602-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi oʻqish).
10. “Davlat boji toʻgʻrisida”gi QL-601-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi oʻqish).
11. “Notariat tizimi tubdan isloh qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-607-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
12. “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va koʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-599-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi oʻqish).
13. “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi QL-600-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi oʻqish).
14. T.Sh. Eshnazarovni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi raisi lavozimidan ozod etish toʻgʻrisida.
15. A.E. Raxmanovni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari lavozimidan ozod etish toʻgʻrisida.
16. N.Z. Saidaxmetovani Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi aʼzosi lavozimidan ozod etish toʻgʻrisida.
17. Sh.M. Mamadjanovni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi aʼzosi lavozimidan ozod etish toʻgʻrisida.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2019-yil 9-dekabr,
2935-III-son
