Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (“Xususiy bandlik agentliklari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2020-yil 13-avgustdagi OʻRQ-632-son Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 24-avgustdagi PF-6044-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 15-sentabrdagi PQ-4829-son qarori) (764-son)
02.12.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Xususiy bandlik agentliklari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2020-yil 13-avgustdagi OʻRQ-632-son Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 24-avgustdagi PF-6044-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 15-sentabrdagi PQ-4829-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va xalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamenti boshligʻi M.A. Xayriddinov hamda Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N.B. Xusanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 2-dekabr,
764-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-dekabrdagi 764-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda uyushgan holda ishga joylashtirish tizimini yanada takomillashtirish va tubdan qayta koʻrib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 12-sentabrdagi 725-son qarorida:
1-bandning beshinchi xatboshidagi “mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga ketayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining kasbiy malakasini tasdiqlash faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslarni akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining ishchi organi vazifalarini bajarish” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 2-ilovada:
2-bandning oʻn birinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmasi (boʻlinmalari)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
46-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“46. Malakasi tasdiqlangan shaxslar milliy reyestri vakolatli organ tomonidan yuritilib, vakolatli organning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi”;
54-banddagi “ishchi” soʻzi “vakolatli” soʻzi bilan almashtirilsin;
v) 3-ilovada:
4-bandga quyidagi mazmundagi ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilar qoʻshilsin:
“Uyushgan holda tanlash tartibida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini tegishli litsenziya asosida xorijiy davlatga ishga yuborish faoliyatini olib boruvchi yuridik shaxs ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha namunaviy shartnomaga binoan Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish uchun chet ellik ish beruvchi va (yoki) chet ellik sherik bilan hamkorlik toʻgʻrisida shartnoma tuzadi.
Uyushgan holda tanlash tartibida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini tegishli litsenziya asosida xorijiy davlatga ishga yuborish faoliyatini olib boruvchi yuridik shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish boʻyicha chet ellik ish beruvchi va (yoki) chet ellik sherik bilan hamkorligi toʻgʻrisidagi shartnomaning matni uyushgan holda tanlash tartibida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini tegishli litsenziya asosida xorijiy davlatga ishga yuborish faoliyatini olib boruvchi yuridik shaxsning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
Uyushgan holda tanlash tartibida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini tegishli litsenziya asosida xorijiy davlatga ishga yuborish faoliyatini olib boruvchi yuridik shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish boʻyicha chet ellik ish beruvchi va (yoki) chet ellik sherik bilan hamkorligi toʻgʻrisidagi shartnomani tuzmasdan, Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishi taqiqlanadi;”;
ikkinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi 91-band qoʻshilsin:
“91. Talabgor xodimlar yagona maʼlumotlar bazasiga kiritilishidan oldin unga uyushgan holda tanlash tartibida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini tegishli litsenziya asosida xorijiy davlatga ishga yuborish faoliyatini olib boruvchi yuridik shaxs tomonidan yozma shaklda bildirishnoma beriladi.
Bildirishnomada uyushgan holda tanlash tartibida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini tegishli litsenziya asosida xorijiy davlatga ishga yuborish faoliyatini olib boruvchi yuridik shaxs tomonidan ishga joylashtirish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar uchun haq undirilmasligi, shuningdek, shartnoma majburiyatlari bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda, murojaat qilish uchun xususiy bandlik agentligining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining pochta manzillari hamda aloqa bogʻlash uchun telefon raqamlari koʻrsatiladi.”;
15-bandning uchinchi xatboshidagi “1” raqami “2” raqami bilan almashtirilsin;
24-bandga quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi xatboshilar qoʻshilsin:
“Uyushgan holda tanlash tartibida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini tegishli litsenziya asosida xorijiy davlatga ishga yuborish faoliyatini olib boruvchi yuridik shaxs ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha namunaviy shartnomaga asosan talabgorga ishga joylashtirish sohasida axborot va maslahat xizmatlarini koʻrsatadi.
Ishga joylashtirish sohasida xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomalar asosida taqdim etiladigan axborot va maslahat xizmatlarining qiymati qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdoridan oshmasligi kerak”;
25-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin*:
“25. Uyushgan holda mehnat migratsiyasi yoʻli bilan xorijga chiqib ketayotgan talabgorlar ishga yuborilishidan oldin davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarida kasb-hunarga oʻqitiladi, xorijiy ish beruvchining malaka talablariga javob beradigan talabgorlar bundan mustasno.
Yuboruvchi tashkilot talabgordan uning malakasini va chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi hujjatni soʻrash huquqiga ega.
Agar talabgorning malakasini tasdiqlovchi hujjati boʻlmasa, u davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarida kasb-hunarga oʻqitiladi”;
29-bandda:
birinchi xatboshidagi “2” raqami “4” raqami bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Yuboruvchi tashkilot tomonidan xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “labor-migration” axborot tizimida real vaqt rejimida roʻyxatdan oʻtkaziladi”;
30-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“30. Talabgordan koʻrsatilgan xizmatlar uchun haq undirish taqiqlanadi (ishga joylashtirish sohasida axborot va maslahat xizmatlari bundan mustasno).
Talabgorni ishga joylashtirish boʻyicha xizmatlarga haq toʻlash ish beruvchining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi”;
37-bandning birinchi xatboshidagi “3” raqami “5” raqami bilan almashtirilsin;
Nizomga quyidagi mazmundagi 1-ilova qoʻshilsin:
“Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini uyushgan holda olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Nizomga 1-ilovaning ilova belgisidagi “1” raqami “2” raqami bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 3-ilova qoʻshilsin:
“Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini uyushgan holda olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Nizomga 2-ilovada:
ilova belgisidagi “2” raqami “4” raqami bilan almashtirilsin;
3.1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“3.1. Ushbu shartnomaga muvofiq koʻrsatilgan xizmatlarga haq toʻlash ish beruvchining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi”;
3.2-band chiqarib tashlansin;
6.2-bandning uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Nizomga 3-ilovaning ilova belgisidagi “3” raqami “5” raqami bilan almashtirilsin;
g) 4-ilovada:
10-bandning beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
11-bandda:
oʻn birinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oʻn ikkinchi — oʻn sakkizinchi xatboshilar tegishli ravishda oʻn birinchi — oʻn yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi oʻn sakkizinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Agentlikning hududiy filiallariga mehnat migratsiyasi masalalari boʻyicha metodik yordam koʻrsatadi, xorijiy mehnat bozori hamda salohiyatli ish beruvchilar toʻgʻrisida maʼlumot beradi, xodimlarini ragʻbatlantiradi va moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga koʻmaklashadi”;
d) 5-ilovada:
4-bandning uchinchi xatboshidagi “ellik ming AQSH dollari” soʻzlari “bazaviy hisoblash miqdorining sakkiz ming besh yuz baravari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Nizomga ilovadagi Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasi mablagʻlarining tasdiqlangan yoʻnalishlarga muvofiq sarflanishini tashkil etish sxemasining 1-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“ T/r Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish yoʻnalishlari Xarajatlarni toʻlash uchun talab etiladigan hujjatlar Nazarda tutiladigan choralar Moliyalashtirish limiti** ”. 1. Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida zoʻravonlikka, majburiy mehnatga duchor boʻlgan va kamsitilgan, mehnat va boshqa huquqlari buzilgan, murakkab moliyaviy ahvolda qolgan va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz, yashash uchun mablagʻsiz qolgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini huquqiy va ijtimoiy himoya qilish, ularga moddiy yordam berish 1. Huquqiy va ijtimoiy himoya, moddiy yordam soʻrab Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining (Agentlik) vakolatxonasiga ariza. 2. Ariza beruvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar (hujjatlar yoʻqolgan hollar bundan mustasno). 3. Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish toʻgʻrisidagi tasdiqlovchi hujjatlar (mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma, xorijiy davlatga ish faoliyatini amalga oshirish uchun kirib kelganligini tasdiqlovchi hujjat, mehnat shartnomasi yoki mehnat sohasidagi nazorat boʻyicha vakolatli organ maʼlumotnomasi). 4. Murojaat qilgan shaxs xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida zoʻravonlikka, majburiy mehnatga duchor boʻlgani va kamsitilgani, mehnat va boshqa huquqlari buzilgani, murakkab moliyaviy ahvolda qolgani va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz, yashash uchun mablagʻsiz qolgani toʻgʻrisida ishga joylashtirilgan mamlakat sudi yoki huquqni muhofaza qilish organlari, vakolatli xalqaro tashkilotlar tasdiqnomasi (agar mavjud boʻlsa). 1. Murojaat qilganlarni himoya qilish maqsadida advokatning, yuridik xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilotlarning yoki huquqni muhofaza qilish tashkilotlarining xizmatlariga haq toʻlash; 3 ming AQSH dollarigacha 2. Xostellar va sutkalik mehmonxonalar tomonidan koʻrsatilgan xizmatlarga haq toʻlash (mablagʻsiz va yashash joyisiz qolgan fuqarolar uchun); 0,3 ming AQSH dollarigacha 3. Murojaat qilgan fuqarolarni huquqiy va ijtimoiy himoya qilish masalalari boʻyicha ishga joylashtiriladigan mamlakatning vakolatli organlariga murojaatlar yuborish; — 4. Oʻzbekiston Respublikasiga qaytish uchun avia (ekonomklass) va temir yoʻl (platskart vagonlar) chiptalari haqini toʻlash; Transport kompaniyalari narxlariga muvofiq 5. Xorijiy ish beruvchilarda mavjud boʻlgan boʻsh ish oʻrinlarini taklif qilish. — 6. Bir martalik moddiy yordam toʻlash. Bazaviy hisoblash miqdoriningikki baravari miqdorida
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 31-dekabrdagi 1066-son qaroriga 6-ilovaning 9-bandida:
“b” kichik bandning toʻrtinchi — oʻn sakkizinchi xatboshilari chiqarib tashlansin;
“d” kichik bandda:
oltinchi xatboshidagi “1 va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Nizomga kiritilgan oʻzgartirishning ilovasidagi 1-pozitsiya chiqarib tashlansin.
* Mazkur oʻzgartirish 2021-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
