“Kasaba uyushmalari toʻgʻrisida”gi QL–508-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (2573-III-son)
03.07.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari A.Saidov, Dj.Shirinov, A.Xamrakulov, I.Xodjiyev, L.Koshelapova, A.Yunusova va R.Xakimov tomonidan 2019-yil 10-iyunda kiritilgan “Kasaba uyushmalari toʻgʻrisida”gi QL-508-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. “Kasaba uyushmalari toʻgʻrisida”gi QL-508-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasining matni muhokama qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini ikki oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi oʻqishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari N. UMAROV
Toshkent sh.,
2019-yil 3-iyul,
2573-III-son
