“Xalqaro mehnat tashkilotining Xalqaro mehnat normalari qoʻllanilishiga koʻmaklashish uchun uch tomonlama maslahatlashuvlar toʻgʻrisidagi 144-son konvensiyasini (Jeneva, 1976-yil 21-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-460-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (2322-III-son)
05.02.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019-yil 16-yanvarda kiritilgan “Xalqaro mehnat tashkilotining Xalqaro mehnat normalari qoʻllanilishiga koʻmaklashish uchun uch tomonlama maslahatlashuvlar toʻgʻrisidagi 144-son konvensiyasini (Jeneva, 1976-yil 21-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-460-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2019-yil 5-fevral,
2322-III-son
